Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Marat Miftaxuddinov: «Ustunligimizni ko‘rsata oldik»

Marat Miftaxuddinov: «Ustunligimizni ko‘rsata oldik»

Baho:
+ | -

«Hokim Kubogi»ning yarim finalidan o‘rin olgan «Neftchi» - «Bunyodkor» (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Marat Miftaxuddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Umumiy ma’noda uchrashuv qiziqarli, tomoshabop kechdi. Bahs stadionga tashrif buyurgan muxlislarga ham manzur bo‘ldi, deya olaman. Bellashuvning birinchi bo‘limining dastlabki 20-25-daqiqasida mezbonlar faollik ko‘rsatishdi. Shundan so‘ng ustunlik biz tarafga o‘tdi. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. «Bunyodkor» yil boshidan beri bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi, jismoniy tayyorgarlik ustida ishladi. «Neftchi»ning tarkibi deyarli yangilangan, jamoaviy o‘yin shakllanishiga biroz vaqt kerak. Bunday holatda jamoa borini berganida ham boshdan baland sakray olmaydi.

Aytganimdek, birinchi bo‘limning ikkinchi qismida ustunlikni qo‘lga oldik. Tanaffusga chiqib ketish arafasida hisobni ochdik. Ikkinchi bo‘limda ham faollik va ustunligimizni ko‘rsatdik. Buning natijasi o‘laroq ikkinchi gol ham mezbonlar darvozasidan joy oldi. Bunday musobaqalarda odatda mezbonlarga qarshi o‘ynash oson emas. O‘z-o‘zidan mezbonlarda ustunlik bo‘ladi. Maydon, muxlis har qanday jamoaga katta ishonch beradi. Shuning uchun bunday raqiblar bilan bo‘ladigan bahslarga futbolchilarga doimgidan boshqacharoq so‘zlarni aytish kerak. Bu jamoaning g‘alabasiga yo‘l ochadi. Xursandmiz, finalga chiqdik! Endi finalda ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, bosh sovrin bilan Toshkentga qaytamiz, degan umiddaman!

Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати
Kiritildi: 20:00, 01.02.2021.
O'qildi: 2079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.