"Tottenxem" ustozi Joze Mourinyo APL doirasida "Chelsi" (0:1) jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyatni haligacha hazm qila olmayotganga o‘xshaydi.
- To‘g‘ri, "Chelsi"da ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi. Biz to‘pni nazorat qila olmadik, birinchi bo‘limda vaziyatlarni yarata olmadik. Lekin bizning darvozamizga belgilangan penaltini qabul qilish juda qiyin. Yakunda o‘sha 11 metr uchrashuv taqdirini hal qildi. Yakunda, "Chelsi" yo‘q joydan berilgan penalti hisobiga g‘alaba qozondi", — dedi Mourinyo Goal portali bilan suhbatda.