Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Damian Stassone: «O‘zbek xalqi bizga yuqori darajada hurmat ko‘rsatdi»

Damian Stassone: «O‘zbek xalqi bizga yuqori darajada hurmat ko‘rsatdi»

Baho:
+ | -

2016 yilgi jahon chempionlari safida O‘zbekistonga qarshi futzal bahslarida maydonga tushgan Damian Stassone yurtimizdagi safardan so‘ng, Argentina futbol assosiasiyasi veb-saytiga intervyu berdi.

35 yoshli futzalchi Toshkentda o‘tgan uchrashuvlar davomida O‘FA tomonidan Argentina terma jamoasiga ko‘rsatilgan e’tibor, O‘zbekistonda Diyego Maradona xotirasiga bo‘lgan hurmat haqida so‘zlab berdi.

“Ispaniya chempionatida faoliyat olib boradigan futzalchilarimiz allaqachon Madridga yetib olishdi. Biz esa yakshanba kuni Istanbuldan Buenos Ayres tomon yo‘l olamiz.

O‘zbekiston mamlakati haqida gapiradigan bo‘lsam, O‘zbek xalqi bizga yuqori darajada hurmat ko‘rsatdi, doimo e’tiborda bo‘ldik. Bizga biriktirilgan tarjimondan tortib, mehmonxonadagi xizmatchilargacha a’lo darajada xushmuomalalik ko‘rsatdi, barcha iliq munosabatda bo‘ldi. Biz turli xil musobaqalarda ishtirok etish uchun har safar mamlakat tashqarisiga chiqqanimizda, Jahon chempionatida g‘alaba qozonganimiz katta ta’sir o‘tkazishini ko‘ramiz.

Bizga O‘zbekistondakatta hurmat ko‘rsatishdi. Sababi, bu yerda futzalning juda katta o‘rni bor. Bizga ajoyib milliy kiyimlar sovg‘a qilindi. O‘yinlardan 1 kun avval intervyu berish uchun O‘zbekiston futbol assosiyasiyasi binosiga kelganimizda, shunga o‘xshash milliy libos sotib olish haqida o‘ylagandik. Shuning uchun, bu sovg‘aning qiymati juda ham yuqori bo‘ldi. Biz O‘zbekistonda bunday katta hurmatga loyiq ko‘rilganimizdan xursandmiz.

To‘g‘risi, mamlakatni ko‘proq kuzatish imkoniyati bo‘lmadi. Chunki vaqtimiz juda kam edi. Faqatgina mehmonxona va o‘yin maydoni orasida shahar manzaralaridan bahramand bo‘ldik. Shuning o‘zidan ham shaharning naqadar chiroyli ekanligini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik.

Futzal terma jamoamiz Diyego Maradona vafotidan keyin safarda o‘yin o‘tkazgan Argentina futbol assosiyasiyasidagi ilk jamoa bo‘ldi. Maradonaga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan juda katta hurmat ko‘rsatildi. Albatta, bundan yaxshiroq narsa o‘ylab topish mushkul edi.

Barchamiz Diyegoning surati tushirilgan liboslarda maydonga tushib keldik va bu juda chiroyli ko‘rindi. Biz Maradonaning vafotidan keyin hali o‘yin o‘tkazmagandik hamda bu afsonaga hurmat bajo keltirishni juda ham istagandik.

O‘sha daqiqalar hayajonli bo‘ldi. Ayniqsa, bir daqiqalik sukut. Uning surati va raqami tushirilgan libosni maydon markaziga qo‘ydik, sardorlik bog‘ichini biriktirdik va atrofida jam bo‘ldik.

Diyego Maradonaning darajasi bizni doim hayron qoldirishda davom etadi. Sababi, bizga uzoq tuyulgan O‘zbekistonda ham uning shu qadar hurmatga sazovorligini ko‘rdik.

Bir yil davomida musobaqalarsiz qolib ketgandik, ammo jamoa ichida juda yaxshi kayfiyat hukmron edi. Maydonda ham, uning tashqarisida ham bir oila sifatida shakllanganmiz. Menimcha, har ikki uchrashuvda jismoniy tomondan yaxshi harakat qildik. Uzoq masofani bosib o‘tganimiz, ikki kunda ketma-ket ikkita uchrashuvda maydonga tushganimizga qaramay, maydonda yaxshi harakat qildik deb o‘ylayman.

Biroq rivojlantirishimiz kerak bo‘lgan muammolarimiz bor va buni anglab turibmiz. Bu narsalar har bir mashg‘ulot jarayonida yaxshilanadigan jihatlar hisoblanadi. Shunga qaramay, ko‘rsatgan o‘yinimiz bizga ham, bosh murabbiyimizga ham ma’qul keldi. Natija biz uchun muhim, chunki Argentina doimo g‘alaba uchun maydonga tushadi. Jahon chempionati oldidan real holatimizni bilishimiz kerak. Maqsadimiz Jahon chempionligini o‘zimizda saqlab qolish.

Albatta, yaxshi tomonga harakat qilishda davom etishimiz lozim. Har bir uchrashuvga moslashgan holda, iloji boricha o‘yinlar sonini ko‘paytirishimiz kerak.

Jahon chempionati haqida gapiradigan bo‘lsak, Janubiy Amerikadagi saralash bahslarini avvalroq o‘tkazganimizda boshqacha holatda yetib kelgan bo‘lardik. Ammo pandemiya sharoitida FIFA 2020 yilgi musobaqani 2021 yilga ko‘chirdi. Shuning sababli, barcha terma jamoalar bir xil holatda yetib boradi. Endi hech qanday bahonalar ketmaydi. Biz optimistmiz va bizni kutib turgan holatlarga ham tez moslasha olamiz.

Ikkinchi uchrashuvning 13-daqiqasida Matias Rosani shifokorlar maydondan tashqariga olib chiqishdi. Dastlabki qo‘yilgan diagnostga ko‘ra, uning o‘ng tizzasida jiddiy jarohat borligi aniqlandi. Xuddi shunday jarohat 2019 yilda uning chap oyog‘ida ham kuzatilgandi. Endi u Argentinaga qaytganidan keyin, operasiya qilinadi.

Albatta, Matining jarohati ushbu safar davomidagi eng ko‘ngilsiz holat bo‘ldi. Bu butun jamoaga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Biz nafaqat bir terma jamoa a’zolari, balki bir oiladekmiz. Bu sportda tez-tez uchrab turadigan hodisa bo‘lsada, bizning kayfiyatimizga salbiy ta’sir qildi. Chunki uning uzoq va qiyin tiklanish jarayonidan xabardor edik. Biz doim uning yonidamiz va tezroq tuzalib, maydonga qaytishini kutib qolamiz”.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:07, 06.02.2021.
O'qildi: 4448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.