Bergamoning «Atalanta» klubi o‘yinchisi Marten de Ron «Torino»ga qarshi tur o‘yini (3:3) haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Sen agar 3:0 ga yutayotgan bo‘lsang va keyin g‘alabani boy bersang bunda faqat o‘zingni aybla. Aslida tempni pasaytirmasligimiz kerak edi. Muxlislardan buning uchun uzr so‘rayman», - deya post qoldirgan De Ron o‘zining Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, «Torino»ga qarshi bahsda 3:0 hisobida oldinda borayotgan «Atalanta» yakunda o‘z darvozasidan shuncha to‘p o‘tkazib yuboradi va tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berdi.