Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Pep Gvardiola: «Ederson penaltidan gol urgan bo‘lardi»

Pep Gvardiola: «Ederson penaltidan gol urgan bo‘lardi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya chempionatining 24-turi doiraisda bo‘lib o‘tgan «Tottenxem»ga qarshi o‘yin (3:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Biz g‘alabaga haqli bo‘ldik. «Shporlar»ning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegdi, agar gol bo‘lganida o‘yinning borishi o‘zgarishi mumkin edi. Biz esa o‘zimiz istagandek o‘ynadik.

«Tottenxem»ning o‘ziga xos xususiyatlari bor. O‘tgan safar ham yaxshi o‘ynab, 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandik. Ular havo orqali yaxshi vaziyat yaratishadi. Bu mahorat.

O‘zimizning o‘yin uslubimiz mavjud va biz bunga hamisha amal qilamiz. Sabrli bo‘lishi kerak, juda ham sabrli.

Penalti ochiq-oydin edi. Endi Rodri doimo penalti tepadimi? Yo‘q. Uning dadilligidan hayratlandim, ammo zarba u qadar yaxshi chiqmadi. Hazillashmayapman. 11 metrli jarima zarbasini haqiqiy penaltichi amalga oshiradi. Buning ustida mashg‘ulotda ishlash kerak.

Agar Ederson va penalti haqida gapirsam, qarang — u 60-70 metr masofaga golli uzatma berdi. O‘ylashimcha, u penaltidan gol ura oladi!» – dedi Gvardiola.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:14, 14.02.2021.
O'qildi: 3009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик