Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

OCHL guruh bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakat aniq bo‘ldimi?

OCHL guruh bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakat aniq bo‘ldimi?

Baho:
+ | -

Bugun — Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga mezbonligi uchun ariza topshirishning so‘nggi kuni. Ammo "Futbolium" telegram-kanalining arab OAVga tayanib xabar tarqatishicha, G‘arb mintaqasida mezbonlik masalasi deyarli hal bo‘lgan.

Unga ko‘ra, G‘arbda guruh bosqichi o‘yinlari Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi.

Agar ma’lumot rost bo‘lib chiqsa, "V" guruhidan o‘rin olgan "Paxtakor" klubi o‘z o‘yinlarini BAAning Sharja shahrida o‘tkazadi. Ushbu guruhdan "Sharja" (BAA), "Traktor" (Eron) hamda "Al-Vahda" (S.Arabistoni)/"Zavra" (Iroq") juftligi g‘olibi o‘rin oladi.

AGMK guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Mirjalol Qosimov jamoasi Saudiyaning Ar-Riyod shahriga yo‘l oladi.

Sharq mintaqasida esa markazlashgan holda o‘tkaziladigan guruh bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomini aniqlash muammo bo‘ladi. Chunki, u yerda deyarli barcha mamlakatda pandemiya tufayli cheklovlar mavjud.

Manba: футболиум телеграм канали
Kiritildi: 13:49, 15.02.2021.
O'qildi: 6428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик