Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shomurodov gol urgan uchrashuvda, “Jenoa“ jangovar durang qayd etdi

Shomurodov gol urgan uchrashuvda, “Jenoa“ jangovar durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 23 turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Jenoa“ o‘z maydonida “Verona“ga qarshi bahs olib bordi. “Luidji Ferraris“ o‘yingohida kechgan bahs tomonlarning jangovar durangi bilan yakunlandi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘lim boshlarida mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Tanaffusdan so‘ng, hamyurtimiz Eldor Shomurodov zahiradan maydonga tushib, o‘z goli orqali o‘rtadagi muvozanatni tikladi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach “Verona“ vakillari yana bir bor genuyaliklar darvozasini ishg‘ol etishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtigacha saqlanib qolgan ushbu hisob, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘zgardi va “Jenoa“ yana gol urib, yakunda 2:2 xisobi bilan qiyin uchrashuvda bir ochko olishga muvaffaq bo‘ldi.

Bugungi, nihoyasiga yetgan qarama-qarshilikdan so‘ng, “Jenoa“ 26 ochko bilan o‘n birinchi o‘rinda bormoqda, bugungacha 34 ochko jamg‘argan “Verona“ esa to‘qqizinchi pog‘onani band etgan.

"Jenoa" – "Verona" 2:2 (1:0, 2:1)

"Luiji Ferraris"

Gollar: Ilich (17, 0:1), Shomurodov (49, 1:1), Faraoni (61, 1:2), Badelj (90+5, 2:2).

"Jenoa" – Perin, Chiborra (Pellegrini, 46), Masyello, Krishito, Dzappakosta, Badel, Radovanovich, Zays (Shomurodov, 46), Strotman (Pandev, 67), Pyasa (Rovella, 55), Destro (Skamakka, 67).

"Verona" – Silvestri, Gyunter, Lovato (Chetin, 46), Manyani, Faraoni (Ronaldu Viyeyra, 68), Tamez, Lazovich, Dzakkani, Ilich, Barak, Lazanya.

Ogohlantirishlar: Strotman (57), Chetin (74).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:25, 21.02.2021.
O'qildi: 10820 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик