Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Kuman: «PSJ»ga yutqazganimizda ham bunchalik hafsalam pir bo‘lmagandi»

Kuman: «PSJ»ga yutqazganimizda ham bunchalik hafsalam pir bo‘lmagandi»

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Kadis"ga qarshi o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Natija hafsalamni pir qildi. Bunday o‘yinlarda albatta g‘alaba qozonishimiz kerak. Ammo biz buni uddalay olmadik. "Atletiko" bu turda mag‘lub bo‘lganini inobatga olsak, "Barselona" peshqadamga yaqinlashib olish uchun ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi.

Seshanba kuni "PSJ"ga yutqazganimizda ham bunchalik hafsalam pir bo‘lmagandi. Ikki ochko yo‘qotishga haqimiz yo‘q edi. Men o‘yinchilarni ayblashni yoqtirmayman. Umuman olganda, hujum chizig‘i vakillari o‘z ishlarini uddalashdi, yaxshiroq himoyalanashimiz kerak. G‘alaba qozonishimiz shart edi.

"Kadis" butun jamoa bo‘lib himoyalandi. Shuning uchun ikkinchi golni urishimiz qiyin bo‘ldi. Darvozamizga belgilangan penaltini tahlil qilishim kerak. U menga shubhali tuyuldi.

Jamoa ushbu mavsumda qandaydir sovrin qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega, hech bir klub g‘alabani osonlik bilan qo‘lga kiritmayapti. Ammo bugungidek imkoniyatni qo‘ldan chiqarish kerakmas. Peshqadam bilan farqni qisqartirishimiz kerak bo‘lgan vaziyatda ikki ochko yo‘qotdik. Umuman olganda, "Kadis" bizni 5 ochkodan mahrum qildi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", – dedi Kuman "Mundo Deportivo"ga bergan intervyusida.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 10:32, 22.02.2021.
O'qildi: 6791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.