Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 2-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 2-1 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Yevropa ligasi. Nimchorak final bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Yevropa ligasi. Nimchorak final bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Yevropa ligasi musobaqasining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar yakuniga yetib, nimchorak finalga chiqqan 16 jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Bugun musobaqaning 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Qachon va qayerda?
Qur’a tashlash marosimi 26 fevral, juma kuni UEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Qaysi jamoalar ishtirok etadi?
Yevropa ligasi nimchorak final bosqichiga Angliyaning 3ta, Ispaniya, Italiya va Ukrainaning 2tadan klublari yetib kelishdi.

"Arsenal" (Angliya)
"Ayaks" (Niderlandiya)
"Vilyareal" (Ispaniya)
"Granada" (Ispaniya)
"Dinamo" Zagreb (Xorvatiya)
"Dinamo" Kiyev (Ukraina)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Milan" (Italiya)
"Molde" (Norvegiya)
"Olimpiakos" (Gretsiya)
"Reyndjers" (Shotlandiya)
"Roma" (Italiya)
"Slaviya" (Chexiya)
"Tottenxem" (Angliya)
"Shaxter" (Ukraina)
"Yang Boyz" (Shveytsariya)

Qur’a tartibi haqida
Qur’adan oldin jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Bir mamlakat vakillari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin. Birinchi shardan chiqqan klub ikkinchi tortilgan jamoa bilan juftlik hosil qiladi. Uchinchi — to‘rtinchi bilan va hokazo.

Taqvim
Nimchorak final bosqichining dastlabki o‘yinlari 11 mart, javob uchrashuvlari 18 mart kuni o‘tkaziladi. Bahslar Toshkent vaqti bilan 22:55 va 01:00ga qo‘yiladi. Chorak final va yarim final qur’a tashlash marosimi 19 mart sanasiga belgilangan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:40, 26.02.2021.
O'qildi: 7679 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.