Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Atletiko» safarda «Vilyarreal»dan ustun keldi

«Atletiko» safarda «Vilyarreal»dan ustun keldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Atletiko Madrid» va «Vilyarreal» jamoalari o‘zaro ro‘baru kelishdi. «Seramika» o‘yingohida kechgan bahs, mehmonlarning 2:0 ko‘rinishidagi, ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limning birinchi qismida mezbonlar futbolchisi kutilmaganda o‘z darvozasiga to‘p kiritib yubordi. Ikkinchi bo‘limda 1:0 hisobida oldinda borayotgan madridliklar safiga zahiradan Joau Feliks maydonga tushib, o‘z goli bilan hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Ushbu natijadan so‘ng, «Atletiko Madrid» ochkolari sonini 58 taga yetkazib o‘z peshqadamligini mustahkamladi. 27 ochko jamg‘argan «Vilyarreal» esa 14 pog‘onadan o‘rin olgan.

Vilyarreal – Atletiko 0:2 (0:1, 0:1)
«Estadio de la Seramika»

Gollar: 0:1 – 25, avtogol Pedrasa, 0:2 – 69 Joau Feliks.

"Vilyarreal" – Asenxo, Foyt, Pau Torres, Albiol, Pedrasa (Estupinyan, 60), Parexo, Kapu (Kosta, 71), Chukvueze, Trigeros (Aleks Baena, 71), Moyses Gomes (Bakka, 60), Jerar Moreno.

"Atletiko" – Oblak, Felipe, Ermoso, Savich, Vrsalko, Lemar (Joau Feliks, 46), Lyorente, Koke, Saul, Korrea (Torreyra, 83), Suares (Kondogbia, 76).

Ogohlantirishlar:
Kosta (30), Felipe (35), Lemar (45), Saul (47), Albiol (51).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:34, 01.03.2021.
O'qildi: 2656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик