Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Farhod Bekmurodov: «Superliga ancha qiziqarli o‘tadi»

Farhod Bekmurodov: «Superliga ancha qiziqarli o‘tadi»

Baho:
+ | -

Superliga bahslariga start berilishiga ham oz muddat qoldi. Barcha jamoalar qatori turnirga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, «Qo‘qon-1912» ham mashg‘ulotlarga zo‘r bergan. Klub tarkibini kamsonli, ammo sifatli futbolchilar bilan boyitmoqda. Bulardan biri - «Andijon»ning sobiq o‘yinchisi Farhod Bekmurodovdir. Futbolchi biz bilan kechgan suhbatda «Andijon»dan ketish sabablari va yangi jamoasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Yangi jamoangiz - «Qo‘qon-1912»ning yig‘in jarayoni qanday taassurot qoldirmoqda, jamoaga kirishib ketishda qiynalmayapsizmi?

- Yig‘in yaxshi o‘tyapti, kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot olib boryapmiz. Jamoaga yaxshi kirishib ketdim. Xudoga shukr, jamoadoshlarim meni iliq qarshi olishdi.

- Sizni uzoq yillar «Andijon» safida kuzatdik, bu jamoa bilan og‘ir kunlarni boshdan kechirdingiz. Ammo bu yildan barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Klubdan ketishingiz sababini qanday izohlaysiz?

- To‘g‘ri, jamoada qiyin davr-larda ham to‘p surdim va klubni og‘ir ahvolda tashlab ketmadim. Agar hisoblab chiqsak, «Andijonda» naq 7 yil to‘p surdim. Jamoadan ketishimga to‘xtaladigan bo‘lsam, menga klubdagilar tomonidan aniq taklif bo‘lmadi. Faqat jamoa bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev taklif qilib, kelgusi rejalarim qandayligini so‘radi. Oldimda boshqa jamoalardan takliflar borligini, ularni ko‘rib chiqayotganligimni va barchasi deyarli hal bo‘lib qolganini aytdim. Shundan keyin ham ayrim jamoalarimizdan takliflar tushdi.

- Nega aynan «Qo‘qon-1912»ni tanladingiz?

- Bunga ko‘proq klub bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov sababchi bo‘ldi. Ushbu mutaxassis uch yildan buyon o‘zi ishlagan jamoalarga taklif qilardi, lekin ayrim sabablarga ko‘ra borolmasdim. Mana, bu yil birga ishlash nasib qilgan ekan.

- Mashg‘ulot va o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘z imkoniyatlaringizni to‘liq namoyish eta olyapsizmi?

- Imkon qadar bor kuchimni sarflayapman, shu orqali asosiy tarkibga kirishga intilyapman. Maqsadim - yangi mavsumda jamoa­ga ko‘proq yordam berish va murabbiylar ishonchini oqlash.

- «Andijon»da kechgan faoliyatingiz va u yerda qolgan taassurotlar haqida so‘zlasangiz.

- Taassurotlarimni bir so‘z bilan ifodalab berolmayman. Bu jamoa bilan birgalikda yaxshi va yomon kunlarni boshdan kechirdik. Ozmi, ko‘pmi muxlislarga ega bo‘ldim, xalqqa tanildim, o‘ziga yarasha tajriba orttirdim. Umuman olganda, futbolchi bo‘lib yetishishimga sababchi bo‘lgan «Andijon» jamoasiga barchasi uchun rahmat aytaman.

- «Andijon»da yosh mutaxassis Otabek G‘ulomxo‘jayev bilan oz bo‘lsada ishladingiz. Nima deb o‘ylaysiz, ushbu murabbiy klubni kutilgan darajada bosh­qara oladimi?

- Otabek aka yaxshi murabbiy. Uning salohiyatli ekanligi sezilib turibdi. «Andijon» G‘u-lomxo‘jayev qo‘l ostida yangi mavsumda yaxshi ishtirok etsa kerak.

- Joriy yilgi transfer oynasida faol bo‘layotgan jamoalarni kuzata turib, xayolingizdan nimalar o‘tmoqda? Bizning-cha, bu yil Superliga «yonadigan» ko‘rinadi.

- Men ham shunday fikrdaman. Chunki o‘tgan mavsum kutilgan natijaga erisholmagan «Lokomotiv» va «Navbahor» jamoalari tarkibga yaxshi ijrochilarni jalb qilishmoqda. Bundan tashqari, ko‘plab klublar tarkibni yaxshilashyapti. Umuman olganda, bu yilgi Superliga ancha qiziqarli o‘tadi, deb o‘ylayman.

XURSHIDBEK suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 04.03.2021.
O'qildi: 2766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.