Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

"Barsa" safarda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

"Barsa" safarda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasi 26 -turi doirasidagi «Osasuna» va «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur qarama-qarshilikda favorit nomi aniq edi, lekin oxirgi o‘yinlarda yaxshi o‘yinlar ko‘rsatayotgan, «Osasuna» jaamoasi ham kataloniyaliklarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishi kutilgandi, lekin mezbonlar «Barsa» oldida hech narsa qila olmadilar. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan «ko‘k-anorranglilar» ustunligi ostida boshlandi. Uchrashuvdagi hisob ham aynan, mehmonlar tomonidan ochildi. 30 - daqiqada Messining uzatgan pasini, Xordi Alba gol bilan yakunlashga erishdi. keyingi daqiqalarda ham har ikki darvoza oldida bir qancha hujumlar uyushtirildi, ammo 1-bo‘limda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. ikkinchi taymda «Osasuna» jamoasi ham bir qancha hujumlar uyushtirishdi, lekin buni hisobda amalga oshirolmadi. Ammo, «Barselona» 83 - daqiqaga kelib kelib, hisobdagi farqni yana bittaga oshirdi. Bu safar Moriba o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Qolgan daqiqalarda ham bir qancha hujumlar uyushtirildi, lekin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

«Osasuna» - «Barselona» 0:2

Gollar: Alba 30, Moriba 83.

Kiritildi: 03:01, 07.03.2021.
O'qildi: 5285 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.