Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Bo‘lajak "sherlar": Angliyaning 10ta umidi, yosh futbolchilari

Bo‘lajak "sherlar": Angliyaning 10ta umidi, yosh futbolchilari

Baho:
+ | -

Angliyadagi futbolchilar orasida ajoyib avlod yetishib chiqmoqda. Ularning ko‘pchiligi terma jamoada bir necha bor o‘ynashgan, ammo  ular allaqachon o‘z klublarida taniqli o‘yinchisi bo‘lishga ham ulgurgan. Ushbu futbolchilarning har biri klub darajasida ham, milliy terma jamoada o‘ynash uchun ham yaxshi imkoniyatlar mavjud. Angliya milliy terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt ko‘plab ingliz futbolchilarini, ayniqsa yoshlarini kuzatib boradi. Mutaxassis ulardan keyinchalik terma jamoaning asosini tashkil qilish mumkinligini tushunadi. Hozir biz sizlarga, kelajakda Angliya jamaosining kelajagi bo‘lishi kutilayotgan, 10 nafar istiqbolli futbolchilar haqida hikoya qilamiz.

Din Xenderson («Manchester Yunayted» 21 yosh)


Ko‘pgina ingliz klublari Xendersonni o‘z saflariga qo‘shib olishni xohlashmoqda. Shubhasiz, ularning ko‘pchiligi «Manchester Yunayted» jamoasi darvozabonining yorqin kelajagi haqida bilishmoqda. Biroq, yosh darvozabon «Manchester Yunayted» bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Xenderson jamoadagi raqobatdoshi bo‘lgan David de Xea bilan asosiy tarkib uchun kurashish qiyin bo‘lishini sezmoqada, ammo yosh kiper raqobatlashishdan sira qo‘rqmasligi haqida gapirdi va «mankunianlar» bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Henderson nafaqat «Manchester Yunayted»ning, balki Angliya terma jamoasining ham kelajakdagi birinchi raqamli darvozaboni bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda u «uch sherlar» darvozasining bosh posboni rolini bajarish uchun juda istiqbolli variant sifatida ko‘rilmoqda. Hozircha Dinda terma jamoada bor-yo‘g‘i 1 ta o‘yin bor, ammo u hali ham o‘zini ko‘rsata olish imkoniyatiga ega.

 

Trent Aleksandr-Arnold («Liverpul» 22 yosh)

Trent atigi 22 yoshda, ammo u allaqachon «Liverpul»ning asosiy tarkib o‘yinchidir, ammo uni bunga erishish juda qiyin kechgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, Aleksandr-Arnold hech qachon boshqa jamoalarga ijaraga berilmagan. «Qizillar» uni 2016 - yildan beri asosiy tarkibdagi o‘yinlarga jalb qilib kelmoqda. Terma jamoa safida Trent debyutini 2018 - yilning iyun oyida o‘tkazgan. Bugungi kunga qadar himoyachi 12 marta Angliya terma jamoasi safida maydonga tushib, 1 gol urishga erishgan. Ammo terma jamoaga raqobatlashadigan futbolchilar talaygina. Arnold «uch sherlar»ning o‘ng qanot himoyasida Kayl Uoker va  Tripper bilan jiddiy raqobat olib borishga to‘g‘ri keladi. Chunki ikki futbolchi ham o‘z klubida asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi va APLning deyarli barcha uchrashuvlarida maydonga tushishadi. Lekin ikkala futbolchi ham allaqachon 30 yoshda ekanligini hisobga olsak, bu futbolchilar milliy jamoada uncha ko‘p qolmasligini sezish qiyin emas.

 

Deklan Rays («Vest Xem» 22 yosh)

Angliyada yosh futbolchilarni juda ham qadrlashadi. «Vest Xem» jamosining futbolchisi Deklan Rays shular jumlasidandir. Mazkur futbolchi 22 yoshda bo‘lishiga qaramay, allaqachon «taqachilar»ning sardori bo‘lib, terma jamoada ham 10ta o‘yinda qatnashishga ulgurgan. Deklan haqiqatan ham o‘z pozisiyasida yaxshi o‘yinlar namoyish etadi, shuning uchun top-klublar uni o‘z jamoasiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Yarim himoyachi Angliya terma jamoasida hali jiddiy to‘siqlarga duch kelmadi. Pozisiya jihatidan olsak, «uch sherlar»da tayanch yarim himoyachilar unchalik ko‘p emas. Raysning futboldagi iqtidori sabab, uning o‘sishi va qobiliyatini namoyish etish qayin bo‘lmayapti. Shu sababli, klub darajasida, ham xalqaro miqiyoda ham o‘zini ko‘rsatishi oson kechmoqda.

Fil Foden («Manchester Siti» 20 yosh)

Foden Angliyadagi 1-raqamli iste’dodli va yosh futolchilardan biri hisoblanadi. «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi bir necha yildan buyon o‘zini har tomonlama namoyish etmoqda va ayniqsa bu mavsumda «shaharliklar» uchun foydasi ko‘p tegmoqda. Filipp hozirgacha, Angliya terma jamosi tarkibida atigi 2ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo bu yil «Manchester Siti»da ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan so‘ng, Sautgeyt keyingi uchrashuvlardan Fodenni «uch sherlar»ning asosiy futbolchisiga aylantirishi tobora ravshanlashmoqda. Fodenning foydali jihatlari juda ko‘p. Xususan, u yarim himoyadagi har qanday pozisiyada o‘ynay oladi, qolaversa o‘zini hujumda ham yaxshi his qiladi. Bunday futbolchining tarkibda borligi «Uch sher»ga qo‘shimcha kuch berishi, shuningdek jamoa xilma-xil hujumlarida yordam berishi tayin. Sautgeyt Fodendagi iqtidordan, mamlakatning bosh jamoasining yorqin o‘yinlari uchun maksimal tarzda foydalanishi aniq.


Jud Bellingxem («Borussiya D» 17 yosh)

Bellingxem «Borussiya Dortmund» bilan yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Ingliz futbolchisi «arilar»ning Chempionlar Ligasidagi barcha uchrashuvlarida deyarli to‘liq harakat qilgan. Qolaversa, Bundesligada uchrashuvlarning 3 martasida zaxirada qoldirilgan. Bir tomondan, Judning terma jamoadagi yorqin kelajak haqida gapirishga hali erta. Yigitcha hali 17 yoshda va u «uchta sherlar»ning atigi 1ta o‘yinida maydonga tushgan. Ammo bu futbolchini, uzoq muddatdan beri jamoaning yarim himoyasida harakat qilayotgan Jordan Xendersonga o‘rinbosar sifatida foydalanish mumkin. «Liverpul» futbolchisi hisoblanadigan Xenderson hozirda 30 yoshda. Tajribali futbolchining yoshi o‘tgan sayin, tobora ko‘proq jarohatlar bilan bog‘liq muammoga duch kelmoqda. Aynan shunday qiyin vaziyatda, Bellingxemni uning o‘rinida o‘ynatish maqsadga muvofiq. Garet Sautgeytda ham uning bor iqtidoridan, yetarli darajada foydalanish imkoniyati bor. Shunday ekan, nima uchun uning Angliya terma jamoasining kelajagi demasligimiz mumkin?!

 

Bukayo Saka («Arsenal» 19 yosh)

Saka o‘zining Angliya Premer ligasidagi ikkinchi mavsumini «Arsenal»ning asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida o‘tkazmoqda, qolaversa har bir maydondagi uchrashuvlarida foydali ishlarni amalga oshirmoqda. Iste’dodli futbolchi Mikel Artetaning ko‘p qirrali hujum quroli hisoblanadi. U ikkala qanotda, ham hujumkor yarim himoyachi, ham qanot yarim himoyachisi sifatida o‘ynay oladi. Joriy yilgi mavsumda Saka muntazam ravishda maydonga tushib kelmoqda, qolaversa «kononirlar» tarkibida Angliya va Yevropaning eng yaxshi jamoalariga qarshi uchrashuvlarda tajriba to‘plab kelmoqda. Asosiysi, iqtidorli yigitcha to‘pni umuman qizg‘onmasligi va jamoasining ko‘plab golli hujumlarida ishtirok etishi taqsinga loyiqdir. U APLdagi so‘nggi 1.5 mavsumda, eng foydali o‘yinchilari qatorida e’tirof etilayotganini ham aytib o‘tish, joiz. Angliya terma jamoasi tarkibida, yarim himoyachi shu paytgacha atigi 4ta o‘yin o‘tkazgan, ammo bu uchrashuvlarning soni joriy yilda ko‘payishi aniq. Yosh futbolchining maydondagi yutuqlari yaqqol sezilib turibdi, shuning uchun uni har tomonlama maydonda o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyat yaratsh zarur.

 

Meyson Maunt («Chelsi» 22 yosh)

So‘nggi paytlarda «Chelsi» transferlar uchun yuz million funt sterling atrofidagi mablag‘ni sarfladi. Shunday bo‘lsada, mutaxassislar «aristokratlar» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Meyson Mauntni jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi deb atashmoqda. «Chelsi»ning hujumkor yarim himoyachisi haqiqatan ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda. Futbolchidan Frenk Lempard muhim o‘yinchi sifatida foydalandi va bu holat Tomas Tuxel qo‘l ostida ham davom etmoqda. Maunt ham mos ravishda, o‘ziga bildirilgan ishonchni ortig‘i bilan bajarmoqda. Yosh iqtidor Angliya terma jamoasi tarkibida 10ta o‘yinda maydonga tushgan, shuningdek o‘z hisobiga 2 marta gol ham yozdirib qo‘yishga erishagan. Hozirda «uch sherlar» tarkibida hujumkor yarim himoyachilar unchalik ko‘p emas, shuning uchun «Chelsi» tarbiyalanuvchisi bor imkoniyatdan foydalanib qolishi zarur.

Meyson Grinvud («Manchester Yunayted» 19 yosh)

Grinvud Angliya Premer Ligasidagi ikkinchi mavsumini «Manchester Yunayted»ning asosiy futbolchilaidan biri sifatida o‘tkazmoqda. Ushbu mavsumda yosh vingerning o‘yin ko‘rsatkichlari, avvalgi mavsumga nisbatan ancha pastdek tuyulmoqda, garchi oldingiga qaraganda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan bo‘lsa ham. Shunga qaramay, Meysondan «Manchester Yunayted» jamoasining umidi katta. Angliya terma jamoasi safida futbolchi shu paytgacha 1 marta maydonga tushgan. Chunki, Grinvudga Jadon Sancho degan futbolchi raqobatchilik qilmoqda. Yigitcha terma jamoada o‘zni har tomondan ko‘rsatish uchun hali ko‘p ish qilish kerak. «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi «uch sherlar»ning hujum chizig‘iga rang-baranglik olib kelishi tayin va buning uchun, unda yetarlicha vaqt mavjud.

Jeydon Sancho («Borussiya D» 20 yosh)

Sancho ehtimol yuqorida ko‘rsatilgan barcha yosh futbolchilar orasida eng tajribali va iqtidorilisi bo‘lishi mumkin. Chunki Dortmundning «Borussiya» jamoasi vingeri 3 yildan buyon yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda. Jadon «arilar»ning lagerning asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Bundesligadagi o‘tgan ikki mavsum davomida, Jadon gol urish bo‘yicha, 29 va 33 ochko to‘plagan edi. Shuningdek, bu darajaga futbolchi 18 - 19 yoshlarida erishganini ham aytib o‘tish zarur. Angliya terma jamoasi safida Sancho hozirgacha 18ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, shu o‘yinlar doirasida 3 martasida raqiblar posbonini xafa qilishga erishgan. Bu o‘yinchi Sautgeyt uchun ajoyib topilma hisoblanadi. Jadon chap qanotda ham, o‘ng qanotda ham, qanot yarim himoyachisi sifatida ham o‘ynashi mumkin. «Borussiya»da esa ko‘pincha hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonda harakat qiladi. Bunday ko‘rsatkichlar va o‘yin sifatidan shuni aytishimiz mumkinki, Angliya terma jamoasidagi 11 nafar futbolchidan biri, aynan Sancho bo‘lishi aniq.

 

Dominik Kalvert-Lyuin («Everton» 23 yosh)

Kalvert-Lyuin joriy mavsumda o‘zini har tomondan ko‘rsatgan, eng yaxshi angliyalik yosh futbolchi bo‘ldi deyish mumkin. «Everton» hujumchisi deyarli har bir o‘yinda gol urib, 2020/21 ­­­­­- yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi. Garchi, hozirga kelib futbolchining ko‘rsatkichi biroz pasaygan bo‘lsa ham, uning statistikasi juda yaxshi ko‘rinishda. Hujumchi joriy mavsumda Premer Liga doirasida 13ta gol urishga erishgan. Dominik terma jamoadagi debyutini yaqinda, 2020 - yilning oktyabrida o‘tkazdi. Iqtidorli futbolchi «uch sherlar» tarkibida hozirgacha 3ta o‘yin o‘tkazdi va 2ta gol urdi. Bu ajoyib natija, shunday emasmi? Angliyada raqobatbardosh hujumchilar tanlovi yuqori, ammo Kalvert-Lyuin maydonda umuman ulardan kam emas va buni isbotlashga erishgan ham.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 08:30, 07.03.2021.
O'qildi: 6641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.