Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 0-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol - Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa - An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Boks. «Humo arena» O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan yil jangiga tayyorlanmoqda

Boks. «Humo arena» O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan yil jangiga tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ko‘pchilik muxlislar intiqib kutayotgan jang yaqinlanib kelmoqda. 3 aprel kuni poytaxtimizdagi “Humo arena” muz saroyida Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori, professional boksda WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jangda chempionlik kamarlarini himoya qiladi. Shuningdek, mazkur jang anderkardida Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi nomdor bokschilarimiz ham ringga ko‘tarilishadi. Bu o‘zbek sportida chinakam tarixiy voqelikdir. Zero, ilk bor hamyurtimizning chempionlik kamarini himoya qiluvchi jangi Toshkentda, minglab muxlislar ko‘z o‘ngida o‘tishi kutilmoqda. Shubhasiz, ushbu jangga tayyorgarlik shunga yarasha yuqori saviyada bo‘lmog‘i darkor.

Bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi Qo‘mita mutasaddilari “Humo arena”ga tashrif buyurib, bo‘lajak boks kechasiga tayyorgarlik bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib borishdi. Uchrashuvda “Humo arena” direktori Rustam Mardiyev, MOQ va O‘zbekiston boks federasiyasi vakillari, chiptalar bilan shug‘ullanuvchi i-tisket kompaniyasi mutasaddilari, tadbirlar tashkil qilish bo‘yicha PR kompaniyalar menejerlari ham ishtirok etishdi.

Rustam Shoabdurahmonov bo‘lajak jang tashkiliy ishlarida hamkorlik qiladigan ushbu mutasaddilar bilan suhbatlashar ekan, unga har tomonlama puxta tayyorlanish zarurligini ta’kidladi.

“Muhtaram Prezidentimiz yurtimizda sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sport targ‘ibotiga juda katta ahamiyat qaratmoqdalar. Buning uchun avvalo, mamlakatimizda katta sport tadbirlarini tashkil qilishimiz lozim. Bu borada kuni kecha nihoyasiga yetgan dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri misol bo‘la oladi. Ana endi bor e’tiborimizni ushbu boks kechasiga qaratishimiz va uni ham yuqori saviyada tashkil qilishimiz kerak”, – dedi MOQ raisi.

Suhbat davomida boks oqshomiga tashrif buyuradigan muxlislar uchun chinakam sport havosini taqdim qilish, har qadamda boks va sport atmosferasini berib turadigan turli bezaklar, bannerlar, ko‘rgazmalar, o‘zbek boksining boy tarixini namoyish qiladigan eksponatlar tashkil qilish, barcha bokschilarimiz, jumladan, asosiy jangda qatnashuvchi Murodjon Ahmadaliyevning nomini yoshlarimiz uchun chinakam qahramon sifatida gavdalantirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish borasida ko‘rsatmalar berildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:05, 09.03.2021.
O'qildi: 8075 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.