Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yevropa Ligasi. «To‘pchilar» Gresiyada «Olimpiakos»ni o‘qqa tutadi" (prevyu)

Yevropa Ligasi. «To‘pchilar» Gresiyada «Olimpiakos»ni o‘qqa tutadi" (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugundan Yevropa Ligasi doirasidagi dastlabki nimchorak final uchrashuvlari start oladi. Shubhasiz, ushbu bosqichning eng markaziy bahsi bugun «Old Trafford»da o‘tkazilib, unda Milan shahrining bosh jamoasi «orzular teatri»da mehmon bo‘ladi. Biroq bizni bugun tunda yana bir qiziq bahs kutib turibdi. Chempionlar ligasidan ushbu musobaqaga yo‘l olgan «Olimpiakos» Londonning «Arsenal» jamoasini mehmon qiladi.

«Olimpiakos»

Jamoa ushbu musobaqaga yuqorida ta’kidlanganidek, Chempionlar ligasi guruh bosqichida 3 o‘rinni olgan holda kelib qo‘shildi. «Qizil-oqlar» YECHLda «C» guruhidan joy olib, deyarli barcha uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchradi. Birgina «Marsel» ustidan qozonilgan g‘alaba to‘plar nisbatiga ko‘ra grek jamoasiga so‘nggi imkoniyatni taqdim etgandi. Yevropa Ligasining dastlabki pley-off bosqichida «Olimpiakos» anchayin murakkab raqibga duch keldi. PSV bilan kechgan har ikkala bahs ham jamoa uchun rosmana og‘ir to‘siq bo‘ldi desak yangilishmaymiz.

Birinchi uchrashuvdayoq 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishgan «Olimpiakos» javob bahsida raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘yganidan xabaringiz bor (1:2). Shu tariqa anchayin murakkab raqibini musobaqadan chiqarib yuborgan jamoa bugun undan ham mavhum va jiddiyroq to‘siqqa duch kelmoqda. Umuman olganda bu yerda «Arsenal»ni yuz foiz favorit demaslikka asoslarimiz yetarli. Birinchi navbatda «Olimpiakos» o‘z ichki chempionatida yaqqol karvonboshilikni qo‘lga olgan. Jamoa ikkinchi o‘rindagi eng yaqin ta’qibchisi «Aris»dan naq 16 ochko ilgarilab ketgan.

To‘g‘ri, Gresiya Superligasi mavqe va nufuz jihatidan APLdan ancha ortda e’tirof etilishi mumkin. Biroq bu «Olimpiakos»ning saviyasini butkul pastki darajaga tushira olmaydi, har qalay bu yilgi natijalar shuni ko‘rsatmoqda. Ushbu jamoa o‘z uy uchrashuvlarida 8 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriyani qayd etmoqda. Biroq ularning hech biri xalqaro maydonda grand jamoalar ustidan qo‘lga kiritilmagan («Portu» hamda «Man Siti» bilan kechgan muvaffaqiyatsiz to‘qnashuvlar). Shu bilan birga bu seriya davomida jamoa o‘z darvozasidsn atigi 3 ta gol o‘tkazib yuborgan. Ushbu natijalar «Olimpiakos» uchun muhim bahs oldidan biroz bo‘lsada ishonch berib turishi turgan gap.

So‘nggi uchrashuvlar : G‘ - D - M - G‘ - D - G‘

Taxminiy tarkib:  (4-3-3): Joze Sa – Ryabchuk, Ba, Sokratis, Lala – Buxalakis, Kamara, M'Vila – Valbuena, El-Arabi, Bruma

Qatnasha olmaydi: Semedu, Vrusai, Papadopulos.

«Arsenal»

London jamoasini o‘z muxlislari ham ayni paytda egallab turgan pozisiyalaridan ajablanmay qo‘yishgan. Chunki «kononirlar» hozirda APL turnir jadvalida 38 ochko to‘plab 10 o‘rinni band etishgan. Arteta klubini ancha stabil formaga solib oldi, har qalay jamoa grand klublar bilan bahslarda avvalgidek yomon o‘ynamayapti. Biroq endi bizningcha ham jamoa yevrokuboklar uchun yo‘llanma beruvchi zonalardan umidini uzib bo‘lgan (orada 12 ochkolik farq mavjud).

Artetaning yagona ilinji ham birgina mana shu Yevropa ligasi bosh sovrini bo‘lsa ajab emas. Qiziq tomoni ularga duch kelgan raqib «Arsenal»ning o‘zi bilan o‘tgan yili ham pley-off bosqichida o‘zaro uchrashishgan. Biroq o‘shanda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra grek jamoasining qo‘li baland kelgan edi. Artetaning so‘nggi o‘yinlarda tanlayotgan taktik sxemasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u xilma-xil rejalarga qo‘l urmoqda. Bunga asosiy sabab qilib tig‘iz taqvimni keltirishimiz mumkin. Jamoa so‘nggi ikki hafta mobaynida 4 marta rasmiy o‘yinlarda maydonga tushdi.

Bu esa lazaret lentasi uzayib borayotgan yosh klubning zaxira va murabbiy imkoniyatlarini ancha chegaralab qo‘ygan. Shu bilan birga xuddi raqibda bo‘lganidek, «Arsenal»ning ham musobaqaga doir bir qancha ijobiy statistikalari mavjud. «To‘pchilar» Yevropa ligasi doirasidagi so‘nggi 10 ta bahsda umuman mag‘lubiyatga uchramagan. Xususan, 5 ta safar o‘yinining 4 tasida g‘alaba qozonishning ham uddasidan chiqqan. O‘z navbatida «Olimpiakos» ham ingliz jamoalariga qarshi ketma-ket 4 ta uy uchrashuvida faqat mag‘lub bo‘lib kelmoqda. Albatta, bu kabi katta-kichik faktorlar «Arsenal»ni muhim bahs oldidan biroz bo‘lsada favoritga aylatirishi turgan gap.

So‘nggi uchrashuvlar : G‘ - D - M - G‘ - G‘ - D

Taxminiy tarkib: (4-3-3): Leno – Bellerin, Luis, Gabriel, Tirni – Sebalyos, Djaka, Edegor – Villian, Obameyang, Saka

Qatnasha olmaydi:  Runarsson, Smit Rou.

 

Kiritildi: 22:42, 11.03.2021.
O'qildi: 2164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.