Parijliklar vingeri Anxel Di Mariya jamoa bilan yangi bitimga imzo chekdi.
Fransuz matbuoti ushbu shartnomaning 1+1 ko‘rinishida tuzilgani haqida ma’lumot bermoqda. Biroq kelishuvning moliyaviy taraflari ommaga oshkor qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya PSJ safida 2015 yildan beri o‘ynab keladi.