Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Viktor Jalilov: “Yigitlarga rahmat! “Qora chiziq”dan qutulishni uddalashdi”

Viktor Jalilov: “Yigitlarga rahmat! “Qora chiziq”dan qutulishni uddalashdi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 2-turi doirasidagi “Lokomotiv” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan (1:2) keyingi matbuot anjumanida dastlab “lochinlar” ustozi Viktor Romanovich Jalilov qatnashib, o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Albatta, har ikki jamoa birinchi turdagi mag‘lubiyatdan keyin noqulay vaziyatga tushib qolgandi. Bu esa tabiiyki, futbolchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aynan psixologik jihatdan bu o‘yin juda og‘ir o‘tishi oldindan ma’lum edi. O‘ylashimcha, uchrashuv keskinligi va murosasizligi bilan muxlislarga yoqdi, deb o‘ylayman. Har ikki jamoa maydonda faqat g‘alabani o‘ylab to‘p tepdi. Bizga biroz omad kulib boqdi. Meni eng ko‘p quvontirgan jihat shundaki, nafaqat VAR yordamida, balki avval bo‘lganidek, o‘yindan gol urishning ham imkoni bor ekan.

Yigitlarga g‘alaba uchun borlarini berishganidan juda mamnunman. Bitta penaltidan foydalana olmaganimizga qaramay, o‘yinni g‘alabaga olib borishganidan xursandman. “Qora chiziq”dan qutulishni uddalashdi. “So‘g‘diyona” bilan uyimizda o‘tgan o‘yinda ham ko‘plab vaziyatlar bo‘lgandi, afsuski, o‘shanda biroz omad kulib boqmagandi. Bugun esa omad biz tomonimizda bo‘ldi.

Raqibga ham o‘yin uchun rahmat aytaman. “Lokomotiv” ham yaxshi shakllangan jamoa. Murabbiy imzosi ham sezilib turibdi. Paslar bilan, kombinasion o‘yin tashkil etishga intilishmoqda. O‘ylashimcha, bugungi natija adolatdan bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni ancha kuchaytirdik va bu o‘z so‘zini aytdi. G‘alabaga yaqin edik va g‘alaba qozondik", - deydi mutaxassis.

Manba: fc navbahor
Kiritildi: 19:36, 14.03.2021.
O'qildi: 3307 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.