Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Baxtiyor Ashurmatov: «Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi»

Baxtiyor Ashurmatov: «Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 2-tur doirasidagi «Qo‘qon-1912» - «Qizilqum» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

"Gapning ochig‘i, o‘yindan oldin shogirdlarimga aytgan edim. “Qizilqum” bu yil oldingi yilllarga nisbatan ancha kuchli tarkibni shakllantira olgan. Yaxshi jamoa tuzilgan. Raqibimiz safida Nesterov, To‘xtaxo‘jayev, Boydullayev kabi ko‘plab tajribali o‘yinchilar bor.  Dastlabki 10 daqiqada yaxshi o‘ynadik. Keyin xatolarimiz ko‘p bo‘ldi. Biroq yigitlarga o‘yin uchun e’tiroz bildirolmayman, ular o‘yin oxirigacha g‘alaba uchun borlarini berib maydonda harakat qilishdi. O‘yin so‘nggida yana xujumchi tushirdik. O‘yinning oxirgi qismlarida ko‘plab vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan foydalan olmadik. Natijada durang qayd etildi.

Bugun himoyada biroz xatoliklar bo‘ldi, lekin ikkinchi bo‘limga kelib bu xatolarni to‘g‘riladik.

Biz yosh murabbiy Islom Ismoilovni to‘g‘ri tushunishimiz kerak. “Turon” kecha alamli mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa durang o‘ynashi mumkin edi. Yosh murabbiy ehtirosga berilib fikrlar aytgandir. Lekin uning gaplarida jon bor. Jamoa biron natijaga erishishi uchun 60-70 nafar inson va yana qancha muxlislar harakat qilishdi. Bitta ikkita inson shuncha mehnatni zoye qivorishi alamli. Hakam qanday qilib bunaqa qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin bilmadim. Ismoilov 1-turdagi o‘yinni ham qo‘shib ketgani men uchun tushunarsiz bo‘ldi. Biz bilan bo‘lgan o‘yinda gollar hammasi chiroyli bo‘ldi. O‘yin borasida ustunlik qildik. Balkim murabbiy emosiyada o‘sha o‘yinni ham qo‘shib yuborgandir. Chunki Yaypandagi o‘yindan keyin jamoa rahbariyati, murabbiylar bilan bir-birimizga omad tilab yaxshi xayrlashgan edik. Nima bo‘lgan taqdirda ham biz murabbiylar Ismoilovni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Agar Islombek o‘z fikrlarini emosiya berilmasdan bildirganda yanada yaxshi bo‘lardi deb o‘ylayman. Chunki uning gaplarini yoshi katta insonlar, ayollar ham eshitishi mumkin.

Yurtimizda halol o‘yinlar borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mana VAR tizimi kam sonli o‘yinlarda bo‘lsa ham ishlay boshladi. Kelajakda VAR ham ko‘payib, yanada xatolar kamayadi deb umid qilaman.

Asad Sobirjonov ancha iqtidorli futbolchi. Biz unga ozgina imkon bersak, o‘yindan–o‘yinga Sobirjonovning o‘yini kuchayib boradi. Kelajakda Asadbek muxlislarimizning eng sevimli futbolchilaridan bo‘ladi deb ishonaman. Andrey Sidorovda esa o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt yetishmadi.

Shu o‘rinda bugungi uchrashuvda stadionga kelib bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Xudo xoxlasa "Qo‘qon-1912" jamoasini muxlislar istagandek jamoaga aylantirmaguncha bu yerdan ketmayman", — dedi Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 22:16, 15.03.2021.
O'qildi: 1819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.