Kirish Ro'yxatdan o'tish

Aleksandr Xomyakov: «Ehtimol, «Mash’al» mavsum yakunida 1-o‘rinni olar»

Aleksandr Xomyakov: «Ehtimol, «Mash’al» mavsum yakunida 1-o‘rinni olar»

Baho:
+ | -

Superliga 3-turidan o‘rin egallagan "Mash’al" – "Metallurg" (2:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilagn o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida.
— Avvalo, xalqimizni jamoamiz nomidan Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman. Oilaviy baxt, tinchlikxotirjamlik tilayman. Muxlislarni esa g‘alaba bilan muborakbod etaman. Bugungi bahs oson kechmadi va omadimiz keldi. Mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi, biroq yakunda 3 ochkoga ega chiqdik.

— "Metallurg" gol urgan vaziyatda qoida buzish bor edi, deyishyapti. Bu borada nima deya olasiz?
— Hozir nimanidir izohlash qiyin va noto‘g‘ri. Keling, bu savolni ochiq qoldiramiz. Ushbu vaziyatni to‘g‘ri baholash qiyin.

— "Mash’al" yakuniy turnir jadvalida qaysi pog‘onadan joy oladi deb o‘ylaysiz?
— Ehtimol, "Mash’al" 1-o‘rinni olar, ko‘ramiz.

— Jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?
— Bu bo‘yicha aniq vazifa belgilanmagan. Jamoaga kelganimga 2 hafta bo‘ldi. Asosiy talab – har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Bunga astoydil harakat qilamiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:21, 21.03.2021.
O'qildi: 2499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик