Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Xonimlarning «og‘ir» hamyoni yoki futbolga daxldor boyvuchcha xonimlar

Xonimlarning «og‘ir» hamyoni yoki futbolga daxldor boyvuchcha xonimlar

Baho:
+ | -

Hech kimga sir emas, mashhur futbolchilar turmush o‘rtoqlari va mahbubalarining faoliyatiga katta ta’sir o‘tkazishadi. Shuningdek, ularning maydonda qanday to‘p surishlari qaysidir ma’noda ayni shu xonimlarga ham bog‘liq, albatta. Yana bir tomoni shuki, aksariyat yulduz futbolchilarning hamxonalari moddiy tomondan to‘liq mustaqil bo‘lishni istashadi. Oddiy aytganda, go‘zal xonimlar behisob daromadga ega turmush o‘rtoqlari «g‘azna»siga qarab turmay, hayotda o‘z qobiliyatlari va ambisiyalarini to‘laqonli ishga solishadi.

* Futbol olamining eng boyvuchcha xonimlari reytingini hamon Devid Bekxemning ko‘p yillik jufti Viktoriya Bekxem boshqarib turibdi. Ayni payt britaniyalik 46 yoshli sobiq xonandaning umumiy boyligi 360 million funt sterlingga baholanmoqda. Moda dizayneri sifatida ham muvaffaqiyatga erishgan Spice Girls guruhining sobiq yetakchisi shaxsiy brendini tobora rivojlantirmoqda. To‘g‘ri, Viktoriyaning o‘zi 2019 yili biznes sohasida 15,9 mln. funt sterling miqdorida zarar ko‘rganini yashirmagandi.

* Boyvuchcha xonimlar reytingining ikkinchi qatori kolumbiya­lik 44 yoshli xonanda Shakiraga tegishli. Anchadan buyon «Barselona» himoyachisi Jerar Pike bilan yashayotgan hurliqo xonimning jamg‘armasi 220 million funt sterlingni tashkil qilmoqda. U sotilgan plastinkalari miqdori bo‘yicha Lotin Amerikasi vakillari orasida mutlaq rekordchi sanaladi. Diqqat qiling, yer yuziga Shakiraning qo‘shiqlari yozilgan 80 mln. donadan ko‘p tasma tarqalgan. Qolaversa, u yanvar oyida o‘z musiqalaridan foydalanish huquqini kattagina summaga sotdi.

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 23.03.2021.
O'qildi: 9606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.