Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Lokomotiv»ning dastlabki 3 turdagi statistikasi qanday bo‘ldi?

«Lokomotiv»ning dastlabki 3 turdagi statistikasi qanday bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Ayni damda FIFA kunlari davom etmoqda. Bugungi kunda qadar esa Superligada 3 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Xo‘sh, dastlabki 3 turdan keyin xulosalar qanday bo‘ldi?

«Lokomotiv» uchun mavsum og‘ir boshlandi. 3 turda 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etildi. Ammo statistikalarda «Loko»ning ustunligini ko‘rish mumkin.

Masalan, AGMKga qarshi bahsda 56 foiz, «Navbahor» bilan o‘yinda 54 foiz, «Turon» raqiblik qilgan uchrashuvda 66 foiz vaqt davomida jamoamiz to‘pni o‘zida ushlab tura olgan. Bu esa o‘rtacha har bir uchrashuvga 58 foizni tashkil qiladi degani.

Shuningdek, zarba berishda ham natijalar yomon emas. Uchala bahsda jamoamiz jami 21 marta aniq zarba yo‘llagan va shularning 11tasi darvozaga aniq borgan.

Uch bahsda «Lokomotiv» futbolchilari 8 marta sariq kartochka oldi. Raqiblarda esa 7 sariq va 1 qizil kartochka bor.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, «Lokomotiv» navbatdagi uchrashuvini 3 aprel kuni o‘z maydonida «Qizilqum»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs «Lokomotiv» stadionida 16:15da start oladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:11, 28.03.2021.
O'qildi: 2171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик