Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ueyn Runi APL tarixidagi eng yaxshi chet ellik hujumchi nomini aytdi

Ueyn Runi APL tarixidagi eng yaxshi chet ellik hujumchi nomini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi va hozirda «Derbi Kaunti» bosh murabbiyi hisoblangan Ueyn Runi «Manchester Siti»ni tark etayotgan Serxio Aguero haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Agueroning o‘yiniga aql bovar qilmaydi, u Premyer Liga tarixidagi eng yaxshi chet ellik hujumchilardan biri. Biroq menga tanlashni taklif qilishsa, u holda Tyerri Anrini aytgan bo‘lardim. Undan keyingi o‘rinlarga Aguero, Rud van Nistelroy, Dennis Bergkamp va Erik Kantonani qo‘yardim.

Biroq Aguero shubhasiz APLning buyuk o‘yinchilaridan biri. U ajoyib futbolchi. Ishonchim komil, «Siti»da uning yo‘qligi bilinadi, Premyer Ligada ham. Sababi u juda sifatli o‘yinchi", — dedi Ueyn Runi.

Aguero 2020/21 yilgi mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etishini ma’lum qildi. Tomonlar joriy mavsum yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirmaslik qaroriga kelgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:44, 01.04.2021.
O'qildi: 3230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик