Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Barselona", "Yuventus" va "PSJ". Yoxud Aguero yozda qaysi jamoaga o‘tishi mumkin?

"Barselona", "Yuventus" va "PSJ". Yoxud Aguero yozda qaysi jamoaga o‘tishi mumkin?

Baho:
+ | -

Bir necha kun oldin rasmiy tasdiqini olgan xabar - hujumchi Serxio Aguero "Manchester Siti"dagi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng, yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etadi. 2 iyun kuni 33 yoshni qarshilaydigan argentinalik futbolchining shartnomasi tugaydi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, o‘rtadagi shartnoma bekor qilinadi.
"Siti"da o‘n yil ichida Aguero nafaqat Angliya chempioni unvonlarini to‘rttasini (yaqin orada ularga deyarli beshinchisi qo‘shiladi), qolaversa, Angliyaning bir necha musobaqalarida ham g‘alaba qozongan. Shuningdek, argentinalik 257ta gol bilan "shaharliklar"ning tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.
Endi Serxio o‘zining hayotida yangi sahifa haqida o‘ylashga haqli va biz argentinalik futbolchining faoliyatini davom ettirishning eng mantiqiy variantlarini topishga harakat qilamiz ...

BARSELONA

Aguero nomiga Kataloniya klubining qiziqishi haqidagi xabar matbuotda fevral oyidan boshlab tarqala boshladi. Joan Laporta "ko‘k-anorranglilar" prezidentligiga qaytish uchun o‘z nomzodini qo‘ygan paytdan bu kabi yangiliklar ko‘paydi. Saylov amalda bo‘lib o‘tganida, Laportaning Agueroni "Barselona"ga olmoqchi bo‘lganligi haqidagi yangiliklar OAVlarida yanada qizg‘in porlay boshladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Kataloniya klubi Serxio bilan ikki yillik shartnoma shartlari bo‘yicha allaqachon aloqaga chiqqan, ammo yaqinda jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman Agueroni futbolchilari orasida ko‘rishni istamasligi haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Gollandiyalik mutaxassis go‘yoki jamoasini "Lion"dagi hamyurti Memfis Depay bilan kuchaytirmoqchi.

Ispaniyaning ba’zi nashrlari ta’kidlaganidek, Laporta uchun Agueroni sotib olish imkoniyati ham Serxio bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan Lionel Messini jamoada saqlab qolish uchun qo‘shimcha imkoniyatdir. Ammo Kumanning klubda kelajagi borasida juda katta shubhalar mavjud, shuning uchun gollandiyalik murabbiyning fikri klubning asosiy xo‘jayini uchun unchalik qiziq emasligini inkor etmaslik kerak. Aguero Angliyaga ko‘chib o‘tishdan oldin La Ligada "Atletiko" safida besh yil o‘ynaganini va shu sababli tajribali hujumchida Ispaniyada moslashishda hech qanday muammolar bo‘lmaydi.

PSJ

Parijliklar so‘nggi yillarda, har doim yuqori darajadagi futbolchilar haqida gap ketganda, manfaatdor jamoalar qatorida bo‘lishgan. Ammo, bu hujumchi masalasida "PSJ"ning qiziqishi yanada mantiqiyroq, chunki Serxioning transferi uchun kosmik pul to‘lanishi shart emas va bu koronavirus inqirozi nuqtai nazaridan juda muhim. Shuningdek, UYEFA Parij klubiga moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilishi uchun katta e’tibor berishadi. Matbuotdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, "Pari Sen-Jermen" allaqachon Agueroning shartnoma bo‘yicha moliyaviy talablarini qondirishi va yaqin kelajakda futbolchi uchun poygada qatnashish to‘g‘risida qarorni qabul qilmoqchi.

Aguero uchun PSJ varianti qiziq bo‘lishi mumkin, chunki Fransiya Liga 1 musobaqasi Premer-liga yoki La Liga kabi raqobatbardosh emas va shu sababli jismoniy jihatdan 33 yoshli hujumchiga o‘yin ritmini saqlash ancha osonlashadi. Bundan tashqari, Lionel Messi atrofidagi tushunarsiz vaziyat hamma narsaga qo‘shiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" yetakchisi Leo Messi kelayotgan yozda Parijga jo‘nab ketmoqchi va Aguero uchun yaxshi do‘st bilan yonma-yon o‘ynash imkoniyati, faoliyatini davom ettirish uchun ideal imkoniyat sifatida qaralmoqda. Shunday qilib, matbuot qiziqmoqda: axir Aguero va Messi qayerda sherik bo‘lishadi - "Barselona"dami yoki Parijda? ..

MANCHESTER YUNAYTED

Ehtimol, bu juda ajoyib va biroz provokasion voqea bo‘lardi, ammo yaqinda "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Inse "qizil iblislar" Agueroni sotib olish imkoniyati uchun kurashishi kerakligi haqida gapirdi. Sulsher jamoasi ajoyib to‘purarga juda muhtoj va Edinson Kavani kelajagi bilan bog‘liq noaniq vaziyat sababli ushbu transfer amalga oshishi mumkin. Shuningdek, Harri Keyn yoki Erling Holand kabi yaxshi hujumchilarni sotib olish uchun klub byudjetida pul yetishmasligi nuqtai nazaridan Aguero "Yunayted" safiga qo‘shilish ehtimoli yuqori.

Yana bir savol shundaki, Kun shuncha yillik ajoyib futbol va "Siti"dagi natijalaridan so‘ng "Yunayted"ga ketadimi? Ehtimol, kimdir bunday variantni qat’iyan rad etishi mumkin, ammo yana bir argentinalik top forvard Karlos Tevesni unutmang. Teves 2009 yilda "Yunayted"ni "Siti"ga o‘zgartirgandi. Agar, ushbu trasfer ham amalga oshsa, Manchester derbisining yanada tomoshabopligi oshadi.

YUVENTUS


Agar Aguero Premer-ligada qolishni, La Ligaga qaytishni yoki Fransiya Ligasi 1 musobaqasida qatnashishni xohlamasa, Italiya chempionatiga borish imkoniyati bor. "Yuventus" mish-mishlarga ko‘ra, argentinalik hujumchi atrofidagi mavjud vaziyatni juda faol tarzda kuzatmoqda. Matbuot hali bu ma’lumot atrofidagi aniq bir yangilikni e’lon qilmagan, ammo "keksa sinyora" A seriyadagi oldingi obro‘sini tiklab olish uchun, yozda bir nechta transferlarni amalga oshirib ko‘rishga harakat qilib ko‘rishi mumkin.

Agueroning o‘zi uchun ham, boshqa Yevropaning yuqori ligalarida o‘ynaganligi tufayli "Yuventus" varianti qiziq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, jamoaning portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubi safidan ketishi mumkin. Agar, ushbu holat amalga oshsa, "Yuve" uchun yana bir tajribali hujumchi kerak bo‘ladi. Qolaversa, Italiya klubi ham, Serxio ham Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni xohlamoqda. Shuning uchun bu transfer har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

INDEPENDYENTE

Ehtimol, futbol olamiga aloqador bo‘lgan ko‘pchilik muxlislar "Independyente" Agueroning ilk klubi ekanligini bilishadi. Aynan o‘sha yerda yosh Serxio futboldagi ilk qadamlarini, so‘ngra professional darajada faoliyatiidagi qadamlarini qo‘ygan. 2005/06 yilgi mavsumda Argentina klubi lagerida Aguero 36 uchrashuvda 18 ta gol urishga erishdi. Bu esa hujumchiga 22 million yevro evaziga Yevropaga ketishiga imkon yaratdi. Yana bir ma’lumot, Serxio hech qachon ilk jamoasi safida bironta ham unvon yutmagan. Bu bo‘shliqni to‘ldirish uchun ham Kun Aguero vataniga qaytishi haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Yaqinda, "Independyente" rahbariyati haqiqatan ham Agueroning kelayotgan yozda jamoaga taklif qilishga tayyorligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Klub hozirda Argentina chempionati doirasidagi uchrashuvlarda ancha yaxshi harakat qilmoqda. Balki, mavsum oxirida sovrindorlar qatorida bo‘lish ehtimoli ham bor. Bu esa Aguero uchun ayni muddao. Qolaversa, Serxio "Independyente"da katta sovrinlarni qo‘lga kirita olmasa ham, nihoyatda do‘stona muhitda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. "Ha, bu yerda Serxio Yevropada bo‘lgani kabi shartnomani imzolay olmaydi, lekin u o‘zining sevimli klubi sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi", - dedi yaqinda "Independyente" bosh murabbiyi Xulio Falsioni.

 

Shunday qilib, ushbu variantlarda tanlov juda aniq emas, chunki biz pul va jamoalarga nisbatan muhabbat haqida gaplashdik ... Albatta, biz shunchaki taxminlar haqida suhbatlashamiz, yakuniy qarorni esa futbolchining o‘zi qaror qiladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:32, 04.04.2021.
O'qildi: 3529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.