Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Diyego Simeone «Atletiko»ning mag‘lubiyatiga izoh berdi

Diyego Simeone «Atletiko»ning mag‘lubiyatiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Sevilya»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (0:1). Madridliklar bosh murabbiyi mag‘lubiyat sababini izohladi.

«Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bahs qiyin bo‘lishini bilardik. O‘yinni o‘zgartirishga harakat qildim. 30-daqiqadan boshlab o‘yinimizda o‘zgarish ro‘y bera boshladi. Ikkinchi taymda to‘p nazorati o‘zgara boshladi.

Ermos va Korreada imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo qiyin kechgan uchrashuvda «Sevilya» haqli g‘alabaga erishdi.

Agar murabbiy 30 daqiqa davomida jamoa o‘yinini o‘zgartirar ekan, demak, u bugun jamoani yaxshi boshqarmaganini anglatadi. Men variantlar qidirdim, ammo o‘xshamadi.

"Sevilya" gol urgan paytda hujumning boshlanish pallasida to‘p Okamposning qo‘liga tegdi. Ammo men bunga urg‘u bermoqchi emasman. Chunki u hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmadi. Endi esa «Betis»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir hafta vaqtimiz bor», – dedi Simeone.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 10:06, 05.04.2021.
O'qildi: 7054 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик