Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. "Navbahor" - "Paxtakor"

Prevyu. "Navbahor" - "Paxtakor"

Baho:
+ | -

Superliga beshinchi turida "Paxtakor" Namanganda "Navbahor"ga qarshi o‘ynaydi.

"Paxtakor"dan Yegor Krimes diskvalifikasiya tufayli mazkur bellashuvda maydonga tusha olmaydi. Ushbu jamoalar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishmoqda. Yuqori ligada eng ko‘p to‘qnashuvlar shu ikki klub o‘rtasida kuzatilgan.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 60 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 37 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 10 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 101 gol urilib, 47 to‘p o‘tkazib yuborilgan. 9 bahsda "Sherlar" yirik hisobda ustun kelishgan.

Ayni paytgacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 30ta bahsning 12tasida toshkentliklar zafar quchishgan bo‘lsa, 6 o‘yin durang bilan tugagan. Qolgan 12 uchrashuv raqib g‘alabasi bilan yakunlangan. Namanganda "Paxtakor" 34 to‘p kiritib, 28 gol o‘tkazib yuborgan. O‘tgan yilgi bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Ushbu  jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

“Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 7 aprel, chorshanba kuni 18:30da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:09, 05.04.2021.
O'qildi: 2390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик