Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 2-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Dzyudo: Sardor Nurillayev Osiyo chempioni, Diyorada kumush, yana uch nafar sportchimiz bronza medali sohibasi!

Dzyudo: Sardor Nurillayev Osiyo chempioni, Diyorada kumush, yana uch nafar sportchimiz bronza medali sohibasi!

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, Qirg‘izistonning Bishkek shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati davom etmoqda.

Bundan biroz muqaddam hamyurtimiz Sardor Nurillayev ishtirokidagi final bahsi yakuniga yetdi. -66 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan dzyudochimiz oltin medal uchun kechgan bahsda Janubiy koreyalik An Ba Ulga qarshi tatamiga chiqdi. Murosasiz bahsda Nurullayev Toshkent «Katta Dubulg‘a» turnirining oltin medali sohibi bo‘lgan koreyalik sportchini ippon (ikkita vazari) bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va Osiyo chempioniga aylandi.

Bugungi bellashuvlarda finalgacha yetib borgan yana bir vakilimiz, ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Diyora Keldiyorova esa kumush medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Diyora XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining kumush medali sovrindori, Janubiy Koreya vakili Park Da Sol bilan bellashdi. Afsuski, hamyurtimiz bitta vazari bahosi evaziga raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ayollar o‘rtasida xuddi shu vaznda tatamiga chiqqan yana bir hamyurtimiz Sita Qadambayeva esa bronza medali sohibasiga aylandi. U medal uchun kechgan bellashuvda tailandlik Kachakorn Varasixani ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

-48 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Gulnur Muratbayeva ham terma jamoamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. Bu yo‘lda Gulnur tojikistonlik Shukrona Karchiyeva ustidan ippon bahosi evaziga mag‘lub etdi.

-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nilufar Yermaganbetova ham bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U turkmanistonlik Go‘zal Navro‘zovani ippon bahosi evaziga taslim qildi.

Osiyo-Okeaniya chempionati dastlabki kungi bellashuvlarining kechki dasturida tatamiga chiqqan so‘nggi vakilimiz, -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Kemran Nurillayev afsuski medalsiz qoldi. U bronza medali uchun kechgan bahsda mezbonlar vakili Kubanichbek Aybek uuluga imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Osiyo-Okeaniya chempionatining dastlabki kunida hamyurtlarimiz bittadan oltin va kumush hamda uchta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Biz ushbu muvaffaqiyat bilan dzyudochilarimizni muborakbod etib qolamiz.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 20:00, 06.04.2021.
O'qildi: 3004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.