Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Superliga 5-tur. “Surxon” – “Lokomotiv” (prevyu)

Superliga 5-tur. “Surxon” – “Lokomotiv” (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Superliganing 5-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan,  Termizda «Lokomotiv» klubi «Surxon» jamoasi mehmoni bo‘ladi. Turnir jadvalida «Surxon» 4 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoa to‘rtta o‘yindan bittasida g‘alaba qozonib, bir bor durang o‘ynadi va ikki bor mag‘lub bo‘ldi. To‘plar nisbati 3-4.

«Surxon» klubi mavsumni o‘z maydonida «Metallurg»ga qarshi bahs bilan boshlab 1:0 hisobida zafar quchdi. So‘ngra jamoa safarda «Andijon»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, Termizda «Qo‘qon-1912» bilan 1:1 o‘ynadi. O‘tgan tur esa termizliklar g‘alaba qozonishlari mumkin bo‘lgan bahsda «So‘g‘diyona»ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘yishdi.

«Lokomotiv» esa ushbu chempionatni qatorasiga ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi. «Temiryo‘lchilar» dastlab safarda AGMK va uyda «Navbahor»ga imkoniyatni boy berishdi. Oxirgi ikkita o‘yin esa durang natija bilan yakun topdi. «Loko» hozirda 2 ochko bilan 13-o‘rinda boryapti. To‘plar nisbati 5-7.

Mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga to‘xtaladigan bo‘lsak jamoalar shu kungacha chempionat tarixida 6 bor to‘qnash kelishgan. Ortda qolgan uchrashuvlarda “Lokomotiv” 2 bor g‘alaba nashidasini surgan bo‘lsa, qolgan to‘rtta uchrashuv durang bilan yakuniga yetgan. Bugungi uchrashuv mezbonlari “Surxon” klubi xali “temiryo‘lchilar”ni mag‘libiyatga urata olishmagan. Toshkentliklar mazkur raqibga qarshi qo‘lga kiritilgan g‘alabalarning bittasida yirik 5:1 hisobida zafar quchganini qo‘shimcha qilish joiz. To‘plar nisbatininig umumiy ko‘rinishi esa 4 ga 9 “Loko” foydasiga.

Coca Cola Superligasi. 5-tur

«Surxon» - «Lokomotiv»

Bosh hakam: Akobir Shukrullayev

Qanot hakamlari: Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov.

Zaxira hakami: Viktor Grigorev.

Nazoratchi: Arslon Hotamov

Komissar: O‘ngar Jalimov

"Lokomotiv" va PFL ma’lumotlaridan ham foydalanildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:06, 09.04.2021.
O'qildi: 1801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик