Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Lokomotiv» bosh murabbiyi iste’foga chiqmoqchi bo‘ldimi?

«Lokomotiv» bosh murabbiyi iste’foga chiqmoqchi bo‘ldimi?

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» klubi shifokori Abror Pirriyev telegramdagi o‘zining shaxsiy kanali orqali so‘nggi kunlarda klubda ro‘y bergan voqealarga to‘xtalib o‘tdi.

"Qizilqum"dan "Surxon"gacha: kunlar xronologiyasi.

3-aprel: "Qizilqum" bilan uy bahsidagi durangdan so‘ng yana o‘sha – tushkun kayfiyatda tarqalishdik.

4-aprel: Yig‘ilish: Bosh murabbiy Mikael Sekeyra butun jamoani yig‘di va o‘zi so‘z boshladi: “Tuni bilan uxlamay chiqdim. O‘ylab o‘yimga yeta olmadim. Yaxshi futbolchilar yig‘ilgan, mashg‘ulotlarda mening talabimni a’lo darajada bajarasiz; ammo nima uchun o‘yinga chiqqanda barchasini unutasiz, birinchi marta o‘ynayotganday harakatlar qilasiz? Oldingi o‘yinlarni tahlil qilib nimalarnidir o‘zgartirishga harakat qildim; borimni berdim. Keyin o‘ylab qoldim, balki barcha muammo mendadir. Shuni sizlardan so‘ramoqni istadim: balki muammo mendadir? Vatanimda 98 yashar buvimdan tortib qizalog‘imgacha men uchun kuyinayotgan katta oilamdan, hozirgidan ikki barobar ko‘p oylik maoshli ishimdan voz kechib, bu yerga pul ishlash uchun emas, balki futbolni sevganimdan, men uni qanday tushunsam aynan shunday fikrlovchi jamoa tuzib, u bilan katta natijalarga erishishni ko‘zlab kelganman; nimagadir shu maqsadim sizning jamoa bilan amalga oshishiga ishonganim uchun keldim bu yerlarga. Ammo men noto‘g‘ri o‘ylayotgan bo‘lsam, siz barchasini boshqacha ko‘rayotgan bo‘lsangiz, hamma gap menda bo‘lsa, men bugunoq ariza yozaman.

Yana aytmoqchiman: chin dildan menga yordam berib kelayotgan, kichik maoshga, yutuq bo‘lsa biror nima olarmiz deb o‘z ishini a’lo darajada bajarib kelayotgan jamoam adminstrasiyasidan: massajchilardan tortib adminstratorgacha kechirim so‘rayman. Va’da beraman, agarda ertagayoq ketadigan bo‘lsam, men o‘zimning oylik maoshimni sizlarga taqsimlab berib ketaman”.

Futbolchilar: Biz sizga ishonamiz. O‘zimiz shu vaziyatga tushdik, undan chiqib ketish uchun ham o‘zimiz tirishamiz. Barchasini o‘nglashga va’da beramiz. Asosiysi taslim bo‘lmay, biz bilan boshlagan yo‘lni biz bilan oxirigacha bosib o‘tsangiz bo‘lgani.

Bosh murabbiy: Men ham sizlarga, boshlagan ishimiz xayrli yakun topishiga ishonaman. Biz bir oilamiz va maqsad yo‘lida o‘zimizni ayamaymiz. Barchamizga omad!

5-7-aprel: tinimsiz mashg‘ulotlar; qo‘y suyilib Qur’on tilovat qilindi va yo‘lga chiqildi.

8-aprel: At-Termiziy majmuasiga ziyorat va o‘yindan oldingi chigal yozdi mashg‘uloti.

9-aprel: O‘yin. G‘alaba. Kiyinish xonasida: “Yana 2-taym yaxshi o‘ynay olmadik, ammo muhimi g‘alaba. Kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz”. 

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 09:18, 13.04.2021.
O'qildi: 3446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.