Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Ro‘ziqul Berdiyev: "OFK kubogiga Superliga hamda kubok o‘yinlari orqali tayyorlanib boramiz”

Ro‘ziqul Berdiyev: "OFK kubogiga Superliga hamda kubok o‘yinlari orqali tayyorlanib boramiz”

Baho:
+ | -

"Nasaf" — "Surxon" uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi bellashuv haqida o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.   

— Avvalo muxlislarimizni ishonchli g‘alaba bilan tabriklayman. Mavsum startida ko‘p ochkolar yo‘qotgan edik. Ularning o‘rnini to‘ldirishimiz kerak edi. O‘z o‘yinimizni o‘zgartirgan holda ochkolar to‘plashimiz talab etilardi. Buning uddasidan chiqmoqdamiz. Shu kayfiyat va tempda davom etishimiz kerak. Jamoamizning o‘yinini shakllantirishga va sifatida e’tibor qaratmoqdamiz. "Surxon" himoyadan o‘ynab qarshilik ko‘rsatishga urinishini bilar edik. Shuning uchun imkon qadar shoshilmasdan vaziyatlarimizni kutishimiz lozim edi. Birinchi golgacha raqib munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Shundan so‘ng ikkinchi bo‘limda o‘yin tubdan o‘zgarib ketdi. Ustunlik to‘liq tomonimizga o‘tdi.

— Tanaffusda bergan ko‘rsatmalaringizni futbolchilar qay darajada bajara olishdi?
— Urib olgan gollarimiz bizga qo‘l keldi. Raqib ham oldinga o‘tishga intildi. Shuning uchun ularda bo‘sh hududlar paydo bo‘lishini, ulardan foydalanish kerakligini aytgandik. Buni amalda uddalay olishdi.  

— Oybek Bozorovning holati qanday?
— Menimcha, bir haftalarda mashg‘ulotlarga qaytadi. Oybekning bugun ishtirok etmagani, Suhrob Nurulloyevda ham jarohat borligi sabab o‘yin sxemamizni ham o‘zgartirishga qaror qildik. Bunday sxemada ko‘p o‘yinlar o‘tkazganmiz. Chunki tarkibimiz katta emas. Yo‘qotishlar bo‘lganida futbolchilarning joylashuvini o‘zgartirishimizga to‘g‘ri keladi.  

— O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida asosiy favorit sifatida kimni ko‘rsata olasiz?
— O‘ylaymanki, uchta Superliga jamoalarining imkoniyatlari balandroq. O‘zimiz qatnashadigan har bir musobaqada maksimal darajada harakat qilamiz. Tarkibimiz katta bo‘lmasada, uchta frontda kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Imkon qadar yoshlarning tajribasini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishimiz lozim.

— OFK kubogi bahslariga tayyorgarlik qanday bo‘lyapti?
— Chempionat o‘yinlari orqali tayyorlanamiz. OFK kubogi boshlanadigan pallada yaxshi holatda bo‘lamiz. Tojikistondagi o‘yin su’niy maydonda o‘tishi bizni o‘ylantirmoqda. Bu bizga ozgina bo‘lsada qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Lekin bu bahona bo‘lmaydi. Imkon qadar guruhdan chiqishimiz kerak. Turkmanistonda chempionat davom etmoqda. Tojikistonda ikkita tur o‘tdi. Musobaqaga qadar raqiblarni o‘rganib chiqamiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 07:03, 16.04.2021.
O'qildi: 4578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.