Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari 1-0 Verona
30/11 01:00 Brayton 1-1 Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka 2-1 Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

Italiyada inqilob: Endi futbol televizorda ko‘rsatilmaydimi?

Italiyada inqilob: Endi futbol televizorda ko‘rsatilmaydimi?

Baho:
+ | -

Italiya futbolida haqiqiy inqilob ro‘y berdi. Yaqin uch yil mobaynida - mavsum-2021|2022dan boshlab - «A» seriya o‘yinlarini translyasiya qilish huquqi DAZN striming servisi ixtiyoriga o‘tdi. Bu haqdagi kelishuv liga rahbarlari uchrashuvida amalga oshdi - 20ta klubdan 16tasi g‘oyani yoqlab ovoz berishdi.

Kelishuvga ko‘ra, DAZN har bir turdagi 7ta o‘yinni efirga uzatish bo‘yicha eksklyuziv huquqni qo‘lga kiritadi. Mazkur servis qolgan uchta uchrashuv huquqini Sky Sports telekompaniyasi va ehtimol, Mediaset bilan bo‘lishadi — muzokaralar davom etmoqda. Kelishuv summasi bir mavsum uchun 840 million yevroni tashkil qiladi. Liga yana 70 million yevroni Sky Sports kompaniyasidan oladi - hamkorlikdagi translyasiya huquqi bo‘yicha muzokaralar yaqin orada yakunlanadi.

Sarlavhada «inqilob» iborasining ishlatilgani tasodif yoki mubolag‘a emas. Jarayonga berilgan umumiy baho shuni taqozo etmoqda. Italiyaning uchta yetakchi nashri — La Gazzetta dello Sport, Corriere dello Sport va Tuttosport — ushbu yangilikni gazeta muqovasida aks ettirishdi. Sarlavhalar ham mos ravishda shunday ko‘rinish oldi: «TVda inqilob», «Teleinqilob», «TVda futbol inqilobi».

Aslida, bu nafaqat Italiya, balki butun futbol sanoati uchun muhim yangilik sanaladi. Garchi so‘nggi yillarda planshet va smartfonlarda ham o‘yinlarni tomosha qilish imkoni vujudga kelgan bo‘lsada, translyasiyalar huquqi klassik telekompaniyalarga berilishiga ko‘nikkandik. O‘sha Sky Sports deyarli 20 yil mobaynida - 2003 yildan «A» seriyaning asosiy brodkasteri hisoblangan.

So‘nggi yillarda striming servislari ham ushbu hududga kirishni boshlashdi. Yozda yakunlanadigan kelishuvga ko‘ra, DAZN «A» seriyaning har bir turida uchta uchrashuvni efirga uzatish huquqiga ega edi.

Servisning Germaniyadagi ko‘lami yanada kengroq bo‘lgan: o‘tgan yozda ushbu tizim 2021-2025 yillar mobaynida Budesliganing 106ta o‘yini translyasiya huquqini qo‘lga kiritdi (Sky kanalida 200ta o‘yinni ko‘rsatish huquqi bor). Chempionlar Ligasida esa DAZN bu borada ancha ustun - 104ta o‘yin, Sky ixtiyorida 34ta.

Amazon internet-giganti Angliyada o‘zining Prime Video nomli servisi orqali qatorasiga ikki yil mobaynida Premyer-liganing ikkita turi translyasiyasi huquqiga ega chiqqan, ulardan biri 26 dekabrdan boshlanadigan «Boksing dey»ga to‘g‘ri kelardi. Konservativ hisoblangan Britaniya uchun bu haqiqiy hayratlanarli voqea bo‘ldi - uy sharoitidagi internet tezligi oqimli videoga bardosh berolmasligi oydinlashdi. APLdagi mavjud teleshartnoma 2022 yilning yozida yakunlanadi va Amazon kompaniyasining mazkur kelishuv borasida qanday qarorga kelishini bilish juda qiziq.

Bir-ikkita turni sotib olish yoki Germaniyada bo‘lgani kabi, transfer bo‘yicha o‘yinlarning uchdan biriga egalik qilish huquqi boshqa narsa. Striming platformasining barcha huquqlarni to‘liqligicha o‘ziniki qilishi, telegigant-lar esa sublisenziya bilan kifoya-lanishlari (barcha 10 o‘yin DAZN tizimida bo‘lgan payt, tomoshabin Sky kabilarga e’tibor qaratarmidi?) mutlaqo boshqa narsa. Italiya ushbu jarayonga birinchilardan guvoh bo‘lgan mamlakatga aylandi, shunday ekan, inqilob masalasida fikr yuritish o‘rinli.

Nufuzli auditorlik kompaniyasi hisoblangan Deloitte tomonidan 2020 yil yanvarida qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, yetakchi ligalardagi telehuquqlar narxi shundoq ham cho‘qqiga chiqib ulgurgan - ularni sotib olish bozordagi sanoqli «o‘yinchilar»gagina nasib etadi. Misol uchun - APL 2016-2019 yillar mobaynida telehuquqlarni 5,136 milliard funtga sotgan bo‘lsa, 2019-2022 yillarda yettita telehuquq paketining beshtasi 4,464 milliard funtga pullandi. Xaridorlar - Sky va BT Sport bundan ortiq mablag‘ to‘lolmasdilar.

Deloitte tahlilchilarining ta’kidlashlaricha, telehuquqlar narxining pasayishi bozorga striming servislari singari yangi «o‘yinchilar» kelishiga zamin yaratardi. Xuddi shunday ham bo‘ldi. To‘g‘ri, yuqorida aytilganidek, DAZN «A» seriyaga yiliga 840 million yevro to‘laydi, Sky esa avvalgi shartnomaga muvofiq 973 million yevro to‘lardi. Biroq yangi shart-sharoitlarga ko‘ra, kompaniya ushbu narxni ko‘tarolmasdi, shu bois, mavsumning barcha o‘yinlari uchun yiliga 750 million taklif qildi. Ya’ni, bir tomondan, pasayish bor, boshqa tomondan - u sezilarli darajada katta emas. Klublar shundoq ham bo‘sh tribunalardan ziyon ko‘rayotgan pallada bu muhimdir.

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:00, 17.04.2021.
O'qildi: 8840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.