Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yevropa Superligasi. Bu musobaqa tuzilishiga nima sabab bo‘ldi? Mazkur musobaqa haqida biz bilgan va bilmagan haqiqatlar

Yevropa Superligasi. Bu musobaqa tuzilishiga nima sabab bo‘ldi? Mazkur musobaqa haqida biz bilgan va bilmagan haqiqatlar

Baho:
+ | -

Biz tunda nima bo‘lganini va Yevropa va dunyo futboli uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilib olamiz.

Siz uxlayotganingizda, futbol olamida inqilob boshlandi – jahon futboli grandlari yangi turnir – Yevropa Superligasi tashkil etilganini rasman e’lon qilishdi.

Bu klublar kimlar?

Superliga asoschilari Angliyaning «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenxem», Ispaniyaning «Atletiko», «Barselona» va «Real» hamda Italiyaning «Milan», «Inter» va «Yuventus» klublari hisoblanadi.

Yaqin kelajakda ularning tarkibiga yana 3 ta liganing asosiy klublari qo‘shilishi kerak. Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, bular Germaniyaning «Bavariya» va «Leypsig» hamda Portugaliyaning «Portu» klublari.

Birinchi mavsumda jami 20 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan: har yili natijalariga ko‘ra aniqlanadigan 15 ta ta’sis klubi va yana 5 ta ishtirokchi. Saralash bosqichi o‘tgan mavsumdagi yutuqlariga qarab tanlanadi.

Qaysi jamoa rad etdi?

G‘oyani «Borussiya Dortmund», «Bavariya» va «PSJ» qo‘llab-quvvatlamagan, ammo Myunxenliklar hanuzgacha Superligaga kirishi e’lon qilinadigan klublarning ikkinchi to‘lqini qatorida.

PSJ vaziyatida ko‘p narsa UYEFA direktorlar kengashida o‘tirgan va shuningdek, Chempionlar Ligasi o‘yinlarini translyasiya qilish huquqi uchun UYEFAga millionlab dollar to‘lagan BeIN Media Group’ni boshqaradigan prezident Nosir Al-Xelayfiga tegishli.

Yaratilish sababi

Albatta, bularning barchasi PUL tufayli. Yevropaning eng yaxshi klublari hali ham UYEFA bilan Chempionlar Ligasining yangi formati to‘g‘risida kelisha olishmadi, garchi bu mart oyida e’lon qilinishi kerak bo‘lsa-da. Katta klublar o‘rtamiyona jamoalar bilan bellashishni istashmayapti va yana-da kuchliroq chempionatni talab qilishmoqda.

Superligadagi ishtirok klublarning byudjetiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. 15 ta ta’sischiga boshlang‘ich to‘lov 3,5 milliard yevroni tashkil etadi (89 dan 310 milliongacha).

Ushbu pullar pandemiya paytida bo‘sh stadionlar tufayli ko‘rilgan zararni qoplashga bemalol yetadi.

Hammasi bo‘lib, ular birinchi marta Yevropa ligalari va klublari o‘rtasida birdamlik mexanizmi bo‘yicha 10 milliard yevroni taqsimlashni va’da qilishmoqda – ya’ni musobaqada qatnashmaydiganlar ham foyda olishadi.

Format qanday?

Yangi tashkil etilgan Yevroliganing starti avgustga belgilangan. Format bo‘yicha klublar 10 ta jamoadan iborat ikkita guruhga bo‘linadi, ular har bir raqib bilan uyda ham, safarda ham an’anaviy davra o‘yinlari turnirini o‘tkazadilar.

Guruhdagi dastlabki uch o‘rin to‘g‘ridan to‘g‘ri chorak finalga yo‘l oladi, 4-5 o‘rinlar chorak finalga yana bir yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

Ichki raqobat haqida nima deyish mumkin?

Superligani yaratgan klublar o‘z mamlakatlari chempionatlarida qatnashishdan bosh tortishmaydi. Bu haqda klublarning rasmiy bayonotida aytilgan.

Superliga o‘yinlari hafta o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi va barcha jamoalar o‘z milliy ligalarida qolish niyatida.

Shunday qilib, Superliga milliy chempionatlarga emas, balki Chempionlar Ligasiga alternativaga aylanadi.

Superliga yaratilishi ortida kim turibdi?

Superliganing ilk mavsumdagi prezidenti «Real Madrid» prezidenti Florentino Peres edi. U shuningdek musobaqaning asosiy tashabbuskori deb qaralchpti – u uzoq vaqt davomida g‘oyani tayyorlab keldi va asta-sekin butun tizimni qurdi.

«Yuventus» prezidenti Andrea Anyelli va «Manchester Yunayted» egasi Joel Gleyzerlar Superliga vise-prezidentlari etib tayinlanishdi.

Superliganing bosh homiysi – bu ulkan bank JP Morgan, bu ligaga 4,6 milliard funt sarmoya kiritishga tayyor. Shu bilan birga, bank translyasiya huquqlarini sotish orqali kelgusi daromadlardan mablag‘larni qaytarishni kutmoqda.

Televizion huquqlar har yili 3,5 milliard yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan DAZN’ga o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Lekin, teleradiokompaniyaning o‘zi hozircha ushbu ma’lumotni rad etib kelmoqda.

UYEFA va FIFAning reaksiyasi

FIFA allaqachon Superliga yaratilishini qoralagan va tomonlarni muzokaraga chaqirgan, ammo barchasi kundek ravshan.

UYEFA ancha keskin qarorni e’lon qilish arafasida turibdi, Ittifoq ishtirok etayotgan klublarga sud orqali ham, moliyaviy tomondan ham tahdid qildi.

Superligada ishtirok etadigan klublarning milliy, Yevropa yoki jahon miqyosidagi boshqa biron bir musobaqada ishtirok etishining taqiqlanishi va ularning futbolchilariga o‘z jamoalari vakili bo‘lish imkoniyatidan mahrum etilishi aytilgan edi. Ya’ni, qaysi klub futbolchisi Superligada ishtirok etsa, UYEFA va FIFA tasarrufidagi har qanday musobaqadan chetlashtiriladi.

Ushbu mavsumda ichki chempionatlarga hech narsa ta’sir qilmasligi kerak, ammo Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi to‘g‘risida turli xil mish-mishlar tarqalmoqda.

Qayd etilishicha, bo‘lajak Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlari keyinga qoldirilishi yoki umuman bekor qilinishi mumkin.

Agar UYEFA chindan ham ushbu diskvalifikasiyani «Real», «Manchester Siti» va «Chelsi» ga tatbiq etsa, unda Superligaga qo‘shilmagan yagona yarim finalchi – «PSJ» Chempionlar Ligasini muddatidan oldin yutadi. Yevropa Ligasida bu holatda «Roma» va «Vilyarreal» kubok uchun kurash olib boradi.

Ammo, jurnalist Fabrizio Romanoning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda UYEFA navbatdagi Yevropa kubogi o‘yinlari to‘g‘risida hech qanday bayonot bermagan.

Keyin nima bo‘ladi?

Hamma UYEFAning rasmiy e’longa munosabatini kutmoqda. FIFAning muzokaralar stoliga o‘tirishga chaqirgan so‘zlari, shuningdek, Chempionlar Ligasi yangi formatining uzaytirilishi, bularning barchasi oddiy shantaj ekanligini ko‘rsatmoqda.

 

UYEFA bayonotida klublar va o‘yinchilar Yevroligada ishtirok etsa, ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi haqida eslatma mavjud, ya’ni musobaqaning birinchi o‘yini bo‘lib o‘tguniga qadar bularning barchasi amalda bo‘ladi. Hech bo‘lmaganda, bu joriy futbol mavsumining tugashiga, shuningdek, Yevro-2020 va Amerika Kubogida terma jamoalar to‘liq tarkibda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

UYEFAning bitta yo‘li bor

Bu vaziyatda UYEFA va FIFA bir yoqadan bosh chiqarishi kerak. Tabiiyki, UYEFA grand klublarning YECHL va YELda qatnashmasligidan katta zarar ko‘radi. Har qanday holatda ham tashkilot jamoalarni saqlab qolishga harakat qiladi. Buning bitta yo‘li: amaldagi moddiy rag‘batlar miqdorini keskin oshirish. Klub ho‘jayinlari ortiq bu masalada muzokara o‘tkazishga rozi bo‘lishmaydi.

Ana undan keyin biz tasavvur qila olmaydigan cheklovlar futbol olamida paydo bo‘ladi.

Xo‘sh, ushbu holat tomonlarga muzokara o‘tkazish uchun vaqt beradi. Agar ular rozi bo‘lmasalar, biz odatlanib qolgan futbol abadiy o‘zgarib ketishi mumkin.

«Liverpul» klubining sodiq muxlislari bu borada sobitqadam. Ular sevimli jamoalarining Superligada ishtirok etishiga qarshi.

Asosiy masala: Evropa Superligasi grand klublar rahbariyatining foyda ko‘rish uchun amalga oshirayotgan g‘oyasi. Har bir klubda Yevroliga tashkil etilishiga qarshi bo‘lgan futbolchilar va murabbiylar topiladi. Lekin katta ehtimol bilan bu ish sodir bo‘ladi. Ulkan foydaning ortidan futbolda joziba yo‘qolish arafasida. Tayyor turing

Manba: ISPORT
Kiritildi: 22:41, 19.04.2021.
O'qildi: 7692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.