Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Fozil Musayev: «Bizga Superligada bitta g‘alaba kerak»

Fozil Musayev: «Bizga Superligada bitta g‘alaba kerak»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 6-tur uchrashuvlari doirasidagi «Navbahor» - «Turon» qarama-qarshiligi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalarining g‘alabasini taxmin qilganlar ham ko‘p bo‘ldi, ammo bellashuv deyarli teng kurashlar ostida kechib, nursiz durang bilan yakuniga yetdi. Biz uchrashuv yakunlangach, «Turon» sardori Fozil Musayevni suhbatga tortdik va unga o‘zimizni qiziqtirgan bir qator savollar bilan murojaat etdik.

- Jamoangiz kuchli raqib maydonidan bir ochko bilan ortga qaytyapti. Mazkur o‘yin haqidagi fikringiz qanday?

- Uchrashuv kutilganidek og‘ir va yakkakurashlarga boy tarzda o‘tdi. Har ikki jamoaga ham g‘alaba suv va havodek zarur bo‘lgani uchun futbolchilar o‘yinni raqib jarima maydoni atrofida o‘tkazishga urinishdi. Birinchi bo‘limda maydon egalari bizning xatolarimiz evaziga ikki-uchta yaxshi vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Shukrki, darvozamiz daxlsizligini ta’minlay oldik. Ikkinchi bo‘limda esa maydonda tengma-teng kurash kechdi va o‘yinimizni nisbatan yaxshiladik. Aynan shuning evaziga uchrashuvning ikkinchi yarmida juda qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo afsuski, ulardan samara chiqarolmadik. Muhimi, mag‘lubiyatga uchramadik va ortga haqli bir ochko bilan qaytyapmiz, deb o‘ylayman. Nasib qilsa, keyingi uchrashuvlarda bundanda yaxshiroq harakat qilib, ijobiy natijalar qayd etishga intilamiz. Bizga Superligada bitta g‘alaba kerak, o‘ylaymanki, shundan so‘ng barchasi iziga tushib ketadi. O‘z o‘rnida, «Navbahor»ga ham keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.

- Bilamizki, «Navbahor»ning o‘z maydonidagi asosiy kuchi muxlislar sanaladi. Ehtimol, vodiy derbisining tomoshabinlarsiz o‘tkazilgani jamoangizga qo‘l kelgandir?

- Balki shundaydir. «Navbahor» o‘z muxlislari qarshisida doimo kuchli o‘yin namoyish etadi. Ehtimol, ularga bugun muxlislarning daldasi yetishmagandir. Ammo ko‘plab ishqibozlar qarshisida to‘p surish mehmon jamoaning o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini unutmaslik joiz.

- Uchrashuv davomida boshingizdan jarohat olganingizga qaramay, o‘yinni davom ettira oldingiz. Ammo hozir oyog‘ingizda ham jarohat alomatlari ko‘rinib turibdi. Keyingi o‘yinlarga tayyor bo‘la olasizmi?

- Jarohatlar u qadar jiddiy emas. Boz ustiga, keyingi uchrashuvimiz kubok bahslariga to‘g‘ri kelyapti. Nasib qilsa, undan keyingi o‘yinlarga yuz foiz tayyor bo‘laman.

- Ma’lum tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston chempionatiga qaytdingiz. Hozir Superliga haqidagi fikringizni so‘rasam, turnir saviyasi oshgani haqida gapirishingiz tabiiy. Qaysidir ma’noda, bu to‘g‘ri ham, ammo jamoalarimiz o‘yin sifati borasida u qadar katta o‘sishga erishmagandek tasavvur uyg‘onmoqda...

- Nega endi? Superligada saviyali jamoalar soni ko‘paygan. Bu esa qo‘lga kiritilajak har bir ochkoning qadr-qiymatini oshirmoqda. Shunday ekan, jamoalar kombinasion va mazmunli o‘yinga emas, ko‘proq ochko ishlashga intilishmoqda. Chempionatimizda oltita tur o‘tkazib bo‘lindi va hammannig maqsadi - turnir startida ko‘proq ochkolarga ega bo‘lib olish.

- Joriy mavsumni kutilmaganda «Turon»da boshlashingiz ko‘pchilikni ajablantirdi. Bu qanday sodir bo‘ldi?

- Murabbiylar va klub egalari meni jamoaga taklif qilishdi va muzokaralar jarayonida klub istiqbolli loyihaga ega ekanligiga ishondim. Ha, «Turon» xususiy klub bo‘lgani uchun uning kelajagiga shubha bilan qarayotganlar talaygina, lekin aslida bunday gumonlarga o‘rin yo‘q. Jamoada tom ma’noda futbol kishilari ishlashmoqda va u yerda olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Klubda zamonaviy futbol uchun talab etiladigan barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.

- «Turon»da beshta mamlakatdan kelgan legionerlar bor. Ayting-chi, maydonda ular bilan til topishishda ortiqcha muammolar yo‘qmi?

- Yo‘q desa ham bo‘ladi. Masalan, o‘zim ingliz tilida muloqot qila olganim uchun maydonda o‘zaro gaplashish jarayonida legionerlar va mahalliy futbolchilarga yordam beryapman.

- Shu o‘rinda milliy terma jamoamiz haqida ham biroz mulohaza yuritsak, nima deysiz?

- (Biroz tortinib...) Hozir shu mavzuda gaplashmay turaylik. Asosiy istagim, terma jamoa oldinga intilsin va jahon chempionatiga yo‘llanma olsin. Bundan barchamiz xursand bo‘lamiz.

XURSHIDBEK suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:10, 23.04.2021.
O'qildi: 3060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.