«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarim himoyachi Eden Azar jarohatidan tiklaganini va «Betis» ga qarshi o‘ynashi mumkinligini aytdi:
«Azar tarkibda, yana bir xushxabar», - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik so‘nggi marotaba 13 mart kuni bir yarim oylik tanaffusdan so‘ng maydonga tushgan edi. Shundan so‘ng, u mushak jarohati tufayli yana bir oyni o‘tkazib yubordi.