Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mahdi Ali: «AGMK bilan bo‘ladigan o‘yinga bor kuchimizni tashlaymiz»

Mahdi Ali: «AGMK bilan bo‘ladigan o‘yinga bor kuchimizni tashlaymiz»

Baho:
+ | -

AGMK bugun Osiyo chempionlar ligasining 4-turi doirasida "Shabab al-Ahli" klubi bilan to‘qnash keladi. Amirlik klubi bosh murabbiyi Mahdi Ali kecha matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ertangi o‘yin muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda, u qiyin kechadi. Bu bahs jamoamiz taqdirini hal qiladi. Shu bois, g‘alaba qozonishdan boshqa ilojimiz yo‘q.

AGMKga qarshi dastlabki o‘yinda biz yaxshi o‘ynadik, gol urish 5ta yaqqol vaziyat yaratdik. O‘zbekistonliklar esa uchrashuv so‘ngida vaziyatlardan foydalanib, g‘alabani ilib ketishdi. Biz kichik xatolar evaziga mag‘lub bo‘lgandik. Ertaga bu xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz.

Jamoamiz har bir o‘yinda ko‘p vaziyatlar yaratyapti, raqib jarima maydoniga kirib boryapmiz. Har bir o‘yinda bor kuchimizni berib harakat qilyapmiz. Ammo hozir guruhdagi ahvolimiz yaxshi emas. Ertaga g‘alaba qozonsak, pley-offga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz mumkin. Shuning uchun bor kuchimizni AGMK bilan bo‘ladigan o‘yinga tashlaymiz", — dedi Mahdi Ali.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:45, 24.04.2021.
O'qildi: 3054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик