Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ota izidan yoxud katta Xoland haqida bilasizmi?

Ota izidan yoxud katta Xoland haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

«Borussiya» Dortmund Chempionlar Ligasi chorak finali dastlabki uchrashuvida «Manchester Siti»ga qarshi kurashdi. Erling Xoland esa o‘ziga xaridor bo‘layotganlar orasida asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgan klub bilan uchrashdi. Agent Mino Rayola va Xolandning otasi potensial xaridorlar bilan ko‘rishishdi, ular orasida «shaharliklar»ning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda. Gvardiola mazkur transferni qo‘llab-quvvatlashini ochiq-oydin ta’kidlamoqda, futbolchi esa «Siti» stadionini maqtamoqda.

Katta Xoland haqida

*** 2000 yilning 1 iyuli: «Manchester Siti» «Lids»ga tayanch yarim himoyachisi Alf-Inge Xoland uchun qariyb 4 mln. funt to‘ladi.

*** 2000 yilda u «Siti»ga emas, «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin edi. O‘shanda u londonliklarga rad javobi bergan, bir yildan keyin esa shunday degandi: «Menga «Siti» bir ko‘rishdayoq yoqdi, chunki unda qalb borligin sezdim. «Tottenxem»da esa buni ko‘rmadim».

*** Xoland yangi klubidagi ilk golini ikkinchi («Sanderlend»ga qarshi) o‘yinida urdi. Ertasiga Britaniya nashrlari Alf-Ingening Kevin Xorlok hamda Paulo Vanchope bilan birga mast holatda yurgani tasvirlangan fotosuratlarni chop etdi: Xoland o‘zini shu tariqa tanitdi.

*** Qahramonimizning dastlabki mavsumidayoq «shaharliklar» Chempionshipga tushib ketishdi. Futbolchi birinchi intervyusida shunday dedi: «Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Biz kuchliroq bo‘lib qaytamiz». Fanatlar bu ta’kidni yuqori baholashdi, deyish qiyin.

*** Chempionshipdani qaytganidan keyin katta Xoland «Lids»ga qaytishi ham mumkin edi, ammo tomonlar shartnoma shartlarini kelisha olmadilar. Bu haqda Alf-Inge quyidagicha so‘zlagandi: «So‘nggi pallada o‘ylab qoldim: yigitlarni og‘ir ahvolda tashlab ketolmayman-ku».

*** 2010 yili unga faoliyatidagi eng muhim klub qaysi ekanligi haqida savol berishdi. Javob: «Albatta, «Manchester Siti».  U yerda chindan ham Angliya futbolini yaxshi ko‘rib qoldim».

Xoland «shaharliklar» safida xotirjam to‘p surardi, tez-tez asosiy tarkibda ko‘rinish berardi, biroq superyulduz darajasiga chiqolmadi. U bilan bog‘liq eng asosiy voqea 2001 yili ro‘y bergan, Manchester derbisida Roy Kin uni yiqitgandi. Britaniya mediasi ushbu voqeani ko‘pirtirishni yoqtiradi, unga quyidagicha ta’rif berishadi: «Kin katta Xolandning faoliyatini sindirdi». Bu hayotimizdagi eng katta yolg‘ondir.

Kin va Xoland o‘rtasida chindan ham kelshmovchilik bo‘lgan. 1997 yilning sentyabrida Xoland «Lids» safida o‘ynardi. Epizodlarning birida Kin unga qarshi «podkat» qo‘llab, jiddiy jarohat olgan, Alf esa o‘yindan ke­yingi intervyusida Royni simulyasiya ishlatganlikda ayblagan.

Kin qasd olish bilan tahdid qildi - buni bajardi ham. Oradan 4 yil o‘tib, to‘p uchun kurashda yana «podkat» ishlatib, bu safar oyog‘ini Xolandning tizzalari tomon yo‘naltirdi. Raqibi og‘riqning zo‘ridan qichqirgancha maysaga quladi. Kinga «qizil» ko‘rsatildi. U qo‘polligi uchun dastlab 15 ming yevro to‘ladi. So‘ngra Xolandni sindirmoqchi bo‘lganini aytgani uchun yana 150 ming funt jarimaga tortildi.

Keyinchalik Roy qo‘pollikni quyidagicha izohlagandi: «U endi meni simulyant demaydi. O‘zimni nohaqlik qildim deb o‘ylamayman. Ba’zan chindan ham sukut saqlab, behuda so‘zlarni aytmaslik kerak».

O‘sha o‘yindagi to‘qnashuvdan keyingi voqealar: Kin Xolandning oyog‘ini sindirmagandi. Alf-Inge o‘yinni oxiriga yetkazib qo‘ydi, 4 kundan so‘ng Norvegiya termasi libosida 45 daqiqa to‘p surdi. Yana 4 kundan keyin Xoland endi 68 daqiqa «Manchester Siti» sharafini maydonda himoya qildi.

Bir yil o‘tib, Kin avtobiografiyasida shunday yozdi: «O‘sha simulyasiya haqidagi gapni esimdan chiqargandim. Ammo u o‘yinning katta qismida meni provokasiya qildi. Qaysidir pallada uning aybi yodimga tushdi. O‘ch olishni xohladim. Va buni bajardim».

2003 yilning yozida Xoland tizzasini operasiya qildirdi. Britaniya mediasi yana Kinning o‘sha «podkat»ini yodga oldi. Ammo Alf-Ingening chap tizzasi operasiya qilingandi (Roy esa o‘ng tizzaga zarba bergandi) - va mazkur jarohat uning faoliyatini yakunlashiga sabab bo‘ldi. Bunga Kin bilan to‘qnashuvning mutlaqo aloqasi yo‘q edi.

Kichik Xoland «Siti»ga o‘tadi, chog‘i

Diqqat qiling, ushbu bo‘limdagi ma’lumotlar insaydlarga asoslangan. Aslida gol.ru sayti ularga ko‘p ham ishonmaydi. Biroq bir nechta manbalar bir xil xabar tarqatayotgan pallada unga quloq tutish kerak.

Erling Xolandning «Manchester Siti» libosida tushgan fotosurati yodingizdami? Demak, yozda ushbu futbolkani o‘yinchi maqomida kiyish uchun unda katta imkoniyat bor.

Joriy yil bahorida Erlingning otasi va agenti Mino Rayola futbolchining potensial xaridorlari bazasiga tashrif buyurish maqsadida shaharlar bo‘ylab turne uyushtirishdi. Dastlab Barselona va Madridga borishdi. So‘ngra Angliyaga parvoz qilib, «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Siti» vakillari bilan uchrashishdi.

Alf-Ingega eng ko‘p ma’qul kelgani «shaharliklar» bilan o‘tkazilgan muzokaralar bo‘ldi. The Telegraph nashrining yozishicha, katta Xoland va Rayola bir necha marta klub rahbariyati bilan uchrashib, ehtimolli transfer yuzasidan gaplashishgan. Hozircha aniq tafsilotlar yo‘q - tomonlar shunchaki, o‘tish imkoniyatlarini muhokama qilishgan.

Albatta, mazkur kelishuv haqida Gvardioladan ham so‘rashdi. «Siti» ustozidan esa quyidgicha javob bo‘ldi: «Nima sababdan Xoland to‘g‘risida so‘rayotganingizni tushunib turibman. U ajoyib hujumchi. Ammo boshqa klub futbolchisi haqida gapirsam yaxshi bo‘lmaydi. Xoland - noyob forvard­lardan biri. Hozircha faqat shuni aytishim mumkin. Hozirgi yoshida qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatmoqda. Shu, xolos».

Xoland hozircha bo‘lg‘usi klubi xususida gapirishdan tiyilmoqda. Ammo mashg‘ulotlar payti «Etixad» stadioni uni hayratga solganini sezish qiyin emasdi. Jud Bellingem undan arena haqidagi fikrini so‘raganda, norvegiyalik hujumchi «Juda ajoyib», degan javobni berdi.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 26.04.2021.
O'qildi: 3336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.