Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Kubok bahslarida zaxira o‘yinchilarimizga imkon berdik»

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Kubok bahslarida zaxira o‘yinchilarimizga imkon berdik»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhomjon Mo‘minjonov O‘zbekiston kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Xorazm"ga qarshi o‘yin (3:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Kubok bahslarining 2-turida g‘alabaga erishdik. Shogirdlarimdan minnatdorman. Qo‘llagan taktika va rejalarimiz bugungi o‘yinda o‘z ifodasini topdi. Birinchi turda "Sho‘rtan" jamoasini mensimagan holda o‘yinni oldindan yutdik deb maydonda harakatlandik, shuning natijasida mag‘lubiyatga uchradik deb hisoblayman. Bugun esa muxlislarimiz ko‘z o‘ngida yutishimiz shart edi. Chunki, guruhdan chiqishimiz kerak. Kubok uchrashuvlarida futbolchilarimizning guruhdan chiqib, Superliga klublari bilan o‘yinda o‘zlarini sinab ko‘rish istagi juda yuqori. Bugungi gollar individual mahorat evaziga kiritilgan bo‘lib, bellashuvda g‘alaba qozondik. Farg‘onalik muxlislarni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.

Chempionatning 5ta o‘yinidagi tarkibimiz bir xil ko‘rinishda edi. Kubok bahslarida esa zaxirada qolib ketayotgan futbolchilarimizga o‘yin amaliyotini berdik. Birinchi turda yaxshi o‘yin namoyish etishmagan bo‘lsada, bugun baribir ular g‘alaba qozonishdi. To‘g‘ri, bugun 3-4ta asosiy tarkib o‘yinchilarimizni ham tushirdik. "Qizilqum" bilan bo‘lib o‘tadigan bellashuvga chempionat bahslarida harakatlangan futbolchilardan foydalanishimiz mumkin. Chunki, bu o‘yin "Dinamo"ga qarshi kechadigan bahs oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Sherzod Karimov mahoratli o‘yinchi. Unda kichik jarohat bor edi. Bugungi kunda jarohatidan 90 foizga xalos bo‘lgan. Lekin, baribir uni o‘yinga jalb etdik. Shu orqali uning jismoniy holati tiklanib, keyingi uchrashuvlarga tayyor bo‘ladi va jamoamizga yordam beradi degan umiddaman.

Akbar To‘rayev "Aral Samali" bilan o‘yin oldidan jarohat olgan. Hozirda asta-sekin tiklanib bormoqda. Bugungi bellashuvda ham o‘yinga tushirishimiz mumkin edi. Ammo, unga mashg‘ulotlar berdik va keyingi o‘yinlarda uni albatta tarkibda kiritamiz", — dedi Mo‘minjonov.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 22:40, 26.04.2021.
O'qildi: 1985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.