Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Asqar Umarov: “Navbahor” o‘z tajribasini ko‘rsatdi”

Asqar Umarov: “Navbahor” o‘z tajribasini ko‘rsatdi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Zomin” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

— Albatta, juda chiroyli o‘yin bo‘ldi. “Navbahor” jamoasi o‘z tajribasini ko‘rsatdi, bizga esa biroz tajriba yetishmadi. Asosiysi, bunday uchrashuvlar biz uchun dars bo‘ladi. Kamchiliklar ustida ishlaymiz.

— Bugun shogirdlaringiz tajribali raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Ularni qanday ruhlantirdingiz?
— “Zomin” jamoasi muxlislar uchun o‘ynaydi, ular bugun ham futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Kiyinish xonasida yigitlarga astoydil harakat qilishlari kerakligi, “Navbahor” tarkibida ham o‘zlariga o‘xshagan o‘yinchilar to‘p tepishini tushuntirdik. Superligada ishlayotgan murabbiylar qarshisida o‘zlarini ko‘rsatishlari kerakligini ta’kidladik. Ular aytganimizni bajarishdi, shogirdlarimga harakatlari uchun rahmat aytaman.

— Jamoangizga “Olimpik”ka qarshi kechgan avvalgi uchrashuvda nima yetishmadi?
— O‘sha bahsda tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz bizga pand berdi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglashga urindik, ammo vaqt yetmadi.

— Keyingi turda o‘tadigan “Navbahor” – “Olimpik” o‘yini haqidagi fikringiz qanday?
— “Navbahor”da katta tajriba bor, aynan tajriba o‘z so‘zini aytsa kerak, deb o‘ylayman. O‘z navbatida, “Olimpik” jamoasiga ham omad tilaymiz. Tarkibida juda yaxshi, tezkor yoshlarni jamlagan, hammasi tartibli o‘ynaydi. Maydon tekis, to‘p dumaloq, omad qaysi jamoa tomonida bo‘lsa, g‘alaba o‘shanga nasib qiladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:19, 27.04.2021.
O'qildi: 1582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик