Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

«Milan» Pioli bilan shartnomani uzaytirib, xatoga yo‘l qo‘yganmidi?

«Milan» Pioli bilan shartnomani uzaytirib, xatoga yo‘l qo‘yganmidi?

Baho:
+ | -

“Lasio”dan 33-turda qabul qilib olingan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bir guruh milanistlarni g‘azabga solgan bo‘lsa, boshqa bir guruhni tushkunlikka tushirdi. “Milan” muxlislarini tushunish mumkin. Mavsum yarmidan ortiq vaqt peshqadamlik qilgan jamoa 33-turdan keyin 5-o‘ringa tushib ketsa, har qanday muxlis jig‘ibiyron bo‘lishi turgan gap. Lekin, umuman olib qaraganda, hech qanday g‘ayrioddiy narsa yuz berayotgani yo‘q. “Milan” iqtisodiy imkoniyatlari, amalga oshirgan transferlari, tarkibi hisobga olinib mavsum avvalida bashorat qilingan o‘rinda bormoqda, ya’ni Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi 4-o‘rin uchun kurashmoqda.

Menimcha, “Milan” muxlislari ko‘proq jamoani qayta qurish yo‘lida yo‘qotilgan yana bir yildan ko‘proq xafa bo‘lishlari kerak. Esingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsum so‘ngida “Milan” Ralf Ragnik bilan muzokalar olib borgan va hatto kelishuvga ham erishgan edi. 2019/20 mavsumi oxiridagi “yutuqlar” rahbariyatni aldab qo‘ydimi, xullas, Ragnikdan voz kechildi. Pioli bilan shartnoma uzaytirilishi “Milan”ning strategik xatosi bo‘ldi.

Hozir “Milan”da yana “keyingi mavsumda barini boshdan boshlash kerak” degan kayfiyat hukmrondek. Taqdirga tan bergan va mavsum so‘ngiga qadar ishlashi ham noma’lum bosh murabbiy... Erkin agent sifatida kim yaxshiroq shartnoma taklif qilishini kutayotgan Dollarumma, uzr Donnarumma... “Yuventus” boshini aylantirib qo‘ygan Chalhanog‘lu... Yosharmayotgan, borgan sari maydonda kamroq ko‘rinayotgan, kamiga ustidan UYEFA tomonidan ish ochilgan Ibrahimovich... Xullas, “Milan” bilan keyingi mavsumda nima bo‘lishi mavhumlashgan.

Ragnik bilan ham “Milan” xuddi shu o‘rinda bo‘lishi mumkin edi, lekin, butun boshli loyiha boshlash niyatida kelishga shaylangan mutaxassis bilan, hech bo‘lmasa, “Milan” qaysi tarafga qarab ketayotgani aniqroq bo‘lar edi.

Keyingi mavsumni katta ehtimol bilan “Milan” yangi murabbiy bilan boshlaydi. Unga mos tarkib to‘planishi uchun yaxshigina mablag‘ va jamoa o‘yini shakllanishi uchun anchagina kutishga to‘g‘ri keladi. Bunga “Milan”ning sabri va puli yetadimi, ko‘ramiz...

Manba: https://t.me/beneamatauz
Kiritildi: 19:11, 27.04.2021.
O'qildi: 2674 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.