Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Hakim Fuzaylov: «Dinamo» nimchorakfinalga 1-o‘rin bilan chiqishini istadik»

Hakim Fuzaylov: «Dinamo» nimchorakfinalga 1-o‘rin bilan chiqishini istadik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi «Dinamo» - «Surxon» (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kubokdagi dastlabki vazifamiz guruh bosqichidan chiqish edi va buni 1-o‘rinni egallab amalga oshirishni istagandik. «Surxon» Superliga jamoasi ekanligi sababli ikkinchi bo‘limda ikki jamoaga ham oson bo‘lmadi. Bugun ikki xil bo‘lgan ikkita taymni ko‘rdik. Birinchi bo‘limda yaqqol ustunlik qilib, uchta gol urganimizdan keyin ikkinchi bo‘limda aksariyat futbolchilarni keyingi o‘yinga olib qolishga qaror qildim. Ammo tanaffusdan keyingi o‘yinimiz 1-taymdagidek bo‘lmadi, zaxiramiz o‘yinni kuchaytirdi, deyish qiyin. Shunga qaramay, samarqandlik muxlislarga rahmat – 90 daqiqa davomida jamoani qo‘llab-quvvatlab, olg‘a boshlashdi. Bugun yirik hisobda ham g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Umuman olganda, jamoa bugun yomon o‘ynamadi.

Marchuk oxirgi 5ta o‘yinda 5ta gol urib, 4ta uzatmani amalga oshirdi? Ha, uning harakatlari va sermahsulligidan xursandmiz. Ukrainalik futbolchimiz hali 23 yoshda, u yanada o‘sishda davom etadi. Oleg maydonda katta hajmdagi ishni bajaradi, sheriklariga yordam beradi, umuman intizomga ham jiddiy e’tibor qaratadigan futbolchi. Olegdan umidimiz katta, u «Dinamo» uchun muhim o‘yinchi.

Pro liga keyingi turida «Neftchi» bilan bahs kutib turgani uchun ham bugun tanaffusdan keyin aksariyat o‘yinchilarga dam berdik. Farg‘ona jamoasi Pro liga favoriti sanaladi, Superliga uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Jamoamizda kayfiyat a’lo, mashg‘ulotlarda yanada yaxshiroq ishlashda davom etamiz. «Neftchi» bilan o‘yinda ikki tomonga ham oson bo‘lmaydi», - «Dinamo» bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o‘yindan keyin.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 06:30, 30.04.2021.
O'qildi: 1731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик