Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Eldor Sakayev: "Mag‘lubiyatga murabbiy javob beradi"

Eldor Sakayev: "Mag‘lubiyatga murabbiy javob beradi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi 4-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Yangiyer" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Sakayev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O‘yin haqida

- Yutqazgandan keyin o‘yinga tayyorlangan reja ish bermagan hisoblanadi. Birinchi golni raqibga bo‘sh xududlar uchun imkon yaratib berganimiz uchun o‘tkazib yubordik. Ikkinchi gol esa himoyadagi tartibsiz evaziga yuzaga keldi. Kamchiliklarimiz bor ekan, mashg‘ulotlarda yanada ko‘proq ishlaymiz. Bugungi o‘yinga faqat g‘alaba uchun kelgandik. Aytib o‘tganimdek, raqibga bo‘sh xududlarni yaratib berganimiz evaziga mag‘lub bo‘ldik. Individual xatolar ko‘p bo‘ldi. Jamoa yutqazdimi, natijaga murabbiy javob beradi.

- Uchrashuvning dastlabki qismida jarohat olib maydonni tark etgan legioner futbolchi yaqindagina safga qaytgan ekan. U jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmaguncha o‘rniga boshqa futbolchini tushirgan ma’qul emasmidi?

- U futbolchi 22 kun davomida davolanib safga qaytgan. Jarohatidan tuzalib umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishlayotgan edi. Biz uni o‘yinga tayyor bo‘lgani uchun maydonga tushirdik. Futbol oson o‘yin emas, bu sport turida kutilmagan xolatlar ham bo‘lishi mumkin.

- Jamoangizdagi legionerlarning harakatlaridan qanchalik qoniqayapsiz? Tarkib jihatdan kelib chiqib jamoa oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?

- Tarkibimizda legioner futbolchilar bor. Bahona emasku lekin yangi jamoani shakllantirishga ma’lum muddat vaqt zarur bo‘ladi. Hozir aytdik, bir legionerimiz 22 kun davomida davolandi. Bu chempionat o‘yinlari boshlangan vaqtda katta muddat hisoblanadi. Legioner futbolchilar mentalitetga o‘zlarini erkin his qilishlari uchun ham moslashishlari kerak. Yana bir legionerimiz oilaviy masalalar tufayli mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Insonda turli darajada muammolar bo‘lib turadi. Ishlashda davom etamiz.

- Uchrashuv davomida bosh hakam tomonidan ogohlantirildingiz. Demak, hakamlar qaroridan norozimisiz?

- O‘sha vaziyatda men haq edim. Buni keyinchalik ham hakamlar bilan suhbatda aytdim. Lekin men tomonimdan bildirilgan fikrlar hakamlar manziliga emasdi. Futbol bu shaxmat emas. Bu sport turida jarohatlar ham uchrab turadi. Buni tushunish va his qilish kerak.

Umuman aytganda, Superliga jamoasi bilan bugun yomon o‘ynaganimiz yo‘q, yigitlar maydonda yomon harakat qilishmadi. Kubok uchrashuvlari bizga tajriba to‘plashga imkon yaratdi. Endi bor e’tiborni chempionat o‘yinlariga qaratamiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 07:20, 30.04.2021.
O'qildi: 1860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик