Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Messi yana ikki yil "Barselona"da qoladi?!

Messi yana ikki yil "Barselona"da qoladi?!

Baho:
+ | -

“Barselonada” prezidentlik saylovlarida   Messini jamoada olib qolish shartlari bilan Joan Laporta g‘olib chiqdi.

«Men Leoni klubda olib qolish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. U bu haqda biladi. Biz uni ishontirishga harakat qilamiz, chunki u tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Leo, barchaning oldida aytganim uchun uzr so‘rayman, lekin men seni yaxshi ko‘raman va Barsa ham seni sevadi. Agar bizning stadion to‘la bo‘lsa, men sening ketolmasliginga aminman. La’nati pandemiyadan yana bir muammo! Qaror nima bo‘lishidan qat’iy nazar, biz uni qabul qilamiz, ammo biz uni saqlab qolishga harakat qilmoqchimiz”, - dedi Laporta inaugurasiya marosimida.

Aftidan, prezident va’dasini bajaradi. Hech bo‘lmaganda, vaziyat aynan Leoning Kataloniya klubi bilan shartnomasini yangilashiga borib taqalmoqda. Ispaniyaning yirik ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra (avval TV3 , keyin Mundo Deportivo, Marca va AS) Laporta birinchi uchrashuvni Leoning otasi va agenti Xorxe Messi bilan o‘tkazgan. Barsa prezidentida ungaa mos keladigan taklif bor.

Messining maoshi 2 baravarga kamayadi. Ammo u klub bilan umrbodga shartnoma imzolaydi
Laporta Messidan klubning og‘ir moliyaviy ahvoliga nisbatan yumshoq munosabatda bo‘lishni so‘radi.Barselona" endi Leoga yiliga 138 million yevro to‘lay olmaydi.
Katta ehtimol bilan Leo maoshni ikki baravar qisqartirishga rozi bo‘ladi.Bu haqda Marca va Mundo Deprtivo da raqamlar keltirilgan. AS nashri esa shunchaki uning maoshi kamayishini ta’kidlagan.



Buning evaziga prezident, insayderlarning fikriga ko‘ra, quyidagilarni taklif qildi: Messi yana ikki yil "Barsa"da qoladi va keyin AQSHda o‘ynash uchun uchib ketadi (Leo o‘tgan yili faoliyati shunday bo‘lishiga ishora qilgan). Ammo Kataloniya klubi bilan shartnoma tugamaydi, faqat undagi band o‘zgaradi: argentinalik futbolchi "Barselona" ning Amerikadagi elchisi bo‘ladi.

Uning AQSHdagi faoliyati tugagach klubga qaytishi va rahbariya qatoridan joy olishi mumkin. Darhaqiqat, unga ko‘proq pul to‘lash uchun hozir kam maosh olish taklif etiladi. Bu futbolchi uchun ham, Barsaning o‘zi uchun ham foydalidir.

"Barselona" hali ham moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Ammo ijobiy o‘zgarishlar ham mavjud.
Yanvar oyida kataloniyaliklar moliyaviy hisobotni dahshatli raqamlar bilan e’lon qilishdi: klubning umumiy qarzi 1,2 milliard yevrodan oshdi. Bulardan 730 million yevroni yaqin kelajakda to‘lash kerak. Kreditlar va xodimlar oldidagi qarz hisoblanadi.

Ammo 28 aprel kuni Bloomberg "Barselona" qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirishga rozi bo‘lganligi haqida xabar berdi.To‘lov muddati 2023 yil 30-iyunga rejalashtirilgan edi, ammo sana o‘zgardi. To‘g‘ri, qarzning bir qismini (taxminan 200 million yevro + foizlar) 2023 yilga qadar to‘lash kerak.

 

Laporte saylovoldi kampaniyasidagi va’dalarini bajaradi. Leo bilan yangi shartnoma yana yangi yulduzlar bilan shartnoma imzolash imkonini yaratadi.

«Agar yozda jamoani kuchaytirish zarur bo‘lsa, bizda yangi futbolchilarni sotib olish uchun mablag‘ bo‘ladi. 2003 yilda biz ushbu muammolarning barchasiga duch kelgan edik: kam daromad, juda katta xarajatlar va katta qarzlar. Ammo hozirda [bu vaziyatni tuzatish uchun] imkoniyat mavjud. Tinchlaning".

Ehtimol, qarzni kechiktirish va Messi bilan shartnomani maxsus shartlarda uzaytirilishi yangi futbolchi sotib olishga yordam beradi. Mundo Deportivo xabar berishicha, yozda Erling Xoland asosiy transfer maqsadi. Laporte allaqachon agent Mino Rayola va futbolchining otasi Alf-Inge bilan uchrashgan.

Messiga yana boshqa takliflar bormi? "Manchester Siti" yagona variantmi edi.

La Ligadagi chempionlik poygasidan chalg‘imaslik uchun barcha muhim qarorlar yozda qabul qilinadi. Messi yangi rahbariyatning dastlabki qadamlariga nazar tashlamoqchi.
Hali ham boshqa klublar bilan variantlar mavjud. 27 aprel kuni Marca PSJ Leoga aqlbovar qilmas maosh taklif qilganini va Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqanidan so‘ng ulkan rejalari borligini e’lon qildi. To‘g‘ri, yaqin vaqtgacha "Manchester Siti" Messiga asosiy da’vogar deb hisoblanib kelindi. Endi ko‘rinib turibdiki, Gvardiolaning o‘zi ham argentinalikni Manchesterda ko‘rishni xohlamayapti. Tez orada TV3 da Messi haqidagi film chiqadi va u yerda Pep juda muhim iborani aytdi: "Leo uchun “Barselona"dan munosib klub yo‘q.U faoliyatini sh yerda tugatadi ".

TV3 insayderining yozishicha, Laporta va Messining otasi o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ikkala tomon ham kelishuvdan mamnun bo‘lishgan. Leo Messi “Barselona”da qoladiganga o‘xshaydi.

Kiritildi: 18:09, 30.04.2021.
O'qildi: 2890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.