Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Qo‘lga kiritilgan bir ochko ham guruhdan chiqishimizga yordam berdi»

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Qo‘lga kiritilgan bir ochko ham guruhdan chiqishimizga yordam berdi»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhomjon Mo‘minjonov O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Qizilqum"ga qarshi o‘yin (0:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bugungi kubok o‘yiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik. Chunki,"Qizilqum" jamoasi olti ochko bilan guruhdan chiqish vazifasini uddalab bo‘lgan edi. Lekin, bizda ham g‘alaba qozonish orqali guruhdan chiqish imkoniyati mavjud edi. Durang natija qayd etdik. Bugun ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratdik. Hujum va yarim himoya chizig‘idagi futbolchilarimiz bu vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. Qo‘lga kiritilgan bir ochko ham guruhdan chiqishimizga yordam berdi. Shuning uchun, barcha muxlislarimizni keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan tabriklab qolaman. Endi qur’a natijalarini kutib qolamiz. O‘ylaymanki, Superliga klublariga tushsak astoydil harakat qilgan holda shijoatli o‘yin namoyish etib, o‘zimizni yana bir bor sinab ko‘ramiz va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz.

Kubok uchrashuvlarining birinchi va ikkinchi turida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilarni maydonga tushirdik. Keyingi bosqichga chiqish majburiyati bo‘lganligi uchun bugungi o‘yinda asosiy tarkib futbolchilarini maydonga tushirdik. Bugungi o‘yin esa Pro liganing Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 6-tur uchrashuviga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Guruhdan 4 ochko bilan chiqqanimiz qoniqarli natija deb o‘ylayman.

Rahbariyat tomonidan bizga Pro ligada chempion bo‘lish va kubok musobaqalarida guruhdan chiqib, yuqori pog‘onalar uchun kurashishda o‘zimizni sinab ko‘rish vazifasi qo‘yilgan", — dedi Mo‘minjonov.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 09:16, 01.05.2021.
O'qildi: 2096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик