Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Rayola: "Real" yoki "Barsa" Holandni sotib olishga qodir"

Rayola: "Real" yoki "Barsa" Holandni sotib olishga qodir"

Baho:
+ | -

"Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Holandning agenti Mino Rayola mijoziga bo‘lgan qiziqish haqida gapirdi.


"Men Dortmund vakillari bilan gaplashdim, ular Erlingni sotmoqchi emasliklarini aniq aytishdi. "Biz uni sotmaymiz" - bu ularning aniq gaplari".


"Real" kabi klublar Holandning transferini amalga oshirishga qodir. Uni sotib olish uchun ularning mablag‘lari yetarli. "Barselona" uchun bu qiyinroq, ammo Kataloniyaga o‘tish ehtimolini istisno qilmaslik kerak. Umuman olganda, Erling Holandning transferiga hozirda Yevropaning 14 klubi qiziqish bildirmoqda. Eng yaxshi variantni tanlash kerak", - dedi Rayola.


20 yoshli Erling Holandning transfer qiymati 110 million yevroni tashkil qilmoqda. Ushbu mavsumda norvegiyalik hayratlanarli ko‘rsatkichlari bilan o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda va allaqachon 37ta gol urdi. Umuman olganda Dortmundliklar safida 56 uchrashuvda 53ta gol urdi va 14ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Eslatib o‘tamiz, Holand 2020-yil qishida Avstriyaning "Zalsburg" jamoasidan 20 million yevro evaziga "Borussiya D"ga ko‘chib o‘tgandi. Mish-mishlarga ko‘ra, Dortmund o‘z hujumchisini kamida 150 million yevroga sotmoqchi.

Kiritildi: 18:15, 02.05.2021.
O'qildi: 4116 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик