Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Legionerlarimizdan daraklar: “Spartak” O‘runovni qanchaga sotmoqchi?

Legionerlarimizdan daraklar: “Spartak” O‘runovni qanchaga sotmoqchi?

Baho:
+ | -

Oston O‘runovning bahosi - 3 mln. yevro. Rossiya matbuotida yozilishicha, "Spartak" ayni payt "Ufa"da ijara muddatini o‘tayotgan hamyurtimiz Oston O‘runov transferini sotishga tayyor. Moskva klubi milliy jamoamiz yarim himoyachisi uchun 3 mln. yevro olmoqchi. "Ufa" esa bunga javoban futbolchi uchun 1 mln. yevro bermoqchi ekanligini ma’lum qildi. Eslatma, "Spartak" O‘runovni 2020 yilning avgustida "Ufa"dan aynan 1 mln. yevroga sotib olgan, keyinchalik uni ijara kelishuvi asosida ortga qaytargan edi. O‘z o‘rnida aytish kerak, "Ufa" RPL 28-turida SSKA mehmoni bo‘lib, ortga 1 ochko bilan qaytdi - 1:1. Oston esa o‘yinning 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, yakunda sariq kartochka oldi.

Nihoyat, debyut. Jasur Yaxshiboyev Polsha chempionati 28-turida nihoyat, "Legiya" safida debyut qildi. U "Visla"ga qarshi kechgan va 0:0 hisobida yakunlangan bahsning 79-daqiqasida portugaliyalik Rafael o‘rniga maydonga tushdi. Eslatma, Varshava klubi avvalgi turda o‘z tarixida 15-marta mamlakat chempioni bo‘lgandi. "Legiya" CHL-2021|2022ni birinchi saralash raundidan boshlashini ma’lumot sifatida keltirish o‘rinli.

Atigi 18 daqiqa. Belarus Oliy ligasi 7-turidan o‘rin olgan BATE - "Smorgon" o‘yinida mezbonlar 1:0 hisobida ustun kelishdi. Borisov jamoasida chakki o‘ynamayotgan hamyurtimiz Shahboz Umarov bu o‘yin yakunlanishiga atigi 18 daqiqa qolganida maydonga tushdi. "Shaxtyor" hujumchisi Shahzod Ubaydullayev esa jamoasining "Sputnik"ga qarshi o‘yini (2:1)da maydonga tushgani yo‘q.

Sergeev gol urdi, ammo... "Aktobe" klubi Qozog‘iston Premyer-ligasi  8-turida "Taraz" mehmoni bo‘lib, ortga 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. Jamoa safidagi Igor Sergeev o‘yinga 52-daqiqada qo‘shilib, o‘z hisobiga navbatdagi golni yozib qo‘ydi. Biroq Igor o‘zini ko‘rsatgan 76-daqiqaga qadar "Aktobe" 3ta gol qo‘yib yuborishga ulgurgandi... Aktyubinskliklar ke-yingi turda ham mag‘lubiyatga uchrashdi - o‘z maydonlarida "Astana"ga 0:2 hisobida. Igor bunisida to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi.

Shomurodov yana gol urdi, ammo... Italiya "A" seriya 34-turi doirasidagi "Lasio" - "Jenoa" o‘yini 4:3 hisobida yakuniga yetdi. Genuyaliklar hujumchisi Eldor Shomurodov Rimda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda to‘liq vaqt to‘p surib, 81-daqiqada chempionat hisobidan 5-golini nishonladi. Biroq "Jenoa" mag‘lubiyatdan qochib qutulolmadi, baribir.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:55, 04.05.2021.
O'qildi: 3634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик