Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Munosabat: OFK reytingiga nazar

Munosabat: OFK reytingiga nazar

Baho:
+ | -

OCHLning joriy mavsumi "G‘arb" mintaqasi guruh bosqichi bahslari yakunlandi. Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev shu munosabat bilan OFK reytingiga yana bir bor nazar tashlab, mamlakatlar imkoniyatini tahlil qildi.

*********

- OCHL "G‘arb" mintaqasida guruh bosqichi uchrashuvlari yakunlanganidan keyin OFK klublar reytingi quyidagi ko‘rinish oldi:

Asosiy o‘zgarishlarga e’tibor qaratamiz:

* 3ta klubi 1|8 finalga yo‘l olgan Eron Qatarni quvib o‘tib, mavsum-2023 uchun "3+1" kvotasini naqd qildi.

* Qatar klublari uchun eng yomon mavsum bo‘ldi - ulardan hech biri guruhdan chiqolmadi. Natijada, 3-o‘ringa tushib qolgan mamlakat vakillari bu yil reytingga ochko qo‘shish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. Demak, mavsum-2023da Qatar "2+2" kvotasi bilan kifoyalanadi.

* BAA aksincha, so‘nggi 6-7 yildagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda. Mamlakatning 2ta klubi guruhdan chiqdi va keyingi bos­qichda bir-biriga qarshi o‘ynaydi, bu qo‘shimcha 1,67 ball naqd deganidir. Ya’ni joriy mavsum BAAning umumiy ulushi 15 balldan oshadi. Amirliklar 2018 va 2019 yillarda jami 15,733 ochko olishgandi. Shunday ekan, BAA 2023 yil uchun "2+2" kvotasini saqlab qoladi.

* O‘zbekiston futbolining bor umidi endi "Nasaf"dan, ammo hattoki, OFK kubogidagi yakuniy g‘alaba ham BAA bilan o‘rtadagi 7 ochkolik (OCHL 1|8 finalini ham inobatga olganda) farqni yo‘qqa chiqarish uchun yetarli emas.

***

- Keling, endi 2024 yilga nazar solamiz. Kvotalar 2019, 2021 va 2022 yilgi ko‘rsatkichlarga qarab belgilanadi. Bir yillik mavsumdan so‘ng vaziyat quyidagicha:

Saudiya Arabistoni - 38,80 ball

Eron - 24,60 ball

Qatar - 23,20 ball

BAA - 20,867 ball

O‘zbekiston - 14,267 ball

Iroq - 11,55 ball

Iordaniya - 10,30 ball

Tojikiston - 7,33 ball

Qatar va Iroq vakillari joriy mavsum boshqa ball olishmaydi, qolgan mamlakatlarda bunday imkoniyat saqlanib turibdi.

***

- 2023 yilgi mavsum bo‘yicha yana bir ma’lumot: O‘zbekiston reytingda 5-o‘rinni deyarli naqd qilib ulgurganini nazarda tutsak, OFK kubogidan kvota olmaydi. Demak, mazkur turnirning "Markaziy" mintaqasida faqat 1ta guruh bo‘ladi. Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston guruh va "pley-off" bosqichlari uchun 1tadan o‘ringa ega chiqadi.

Alisher NIKIMBAYEV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:21, 04.05.2021.
O'qildi: 5067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.