Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Hamidjon Aktamov: “Hakamlar qo‘pol xatolar qilishdi”

Hamidjon Aktamov: “Hakamlar qo‘pol xatolar qilishdi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov ham uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda, “Mash’al” klubi rahbariyati, shaxsan Ilhomjon Qurbonovga, zarur paytda stadionda o‘yin o‘tkazishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishgani uchun katta rahmat aytaman. Uchrashuv haqida gapirsam, bugun chiroyli futbol guvohiga aylandik, har ikki jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Hakamlar tajribali bo‘lishiga qaramay, juda ko‘p qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Hadeb bosim bo‘laverganidan ular qo‘rqib qolishganmi, bilmayman. Salim Mustafoyevga qo‘pollik ishlatilgan paytda ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilishi kerak edi. Hakamlar bir tomonga yon bosishdi, demoqchimasman. Har ikki tomon ziyoniga xato qilishdi. “Navbahor” yaxshi jamoa, biz kabi o‘ziga yarasha maqsadi bor. Ularga keyingi o‘yinda omad tilayman, - dedi Hamidjon Aktamov.

- Oybek Qilichevning maydonda o‘zini qo‘pol tutishi, almashtirilayotganda ham nojo‘ya so‘zlarni aytganini ko‘rdik...

- Oybek yutqazishni yomon ko‘radi. Jahli chiqqan paytda o‘yini qovushmasligi mumkin, shu bois, uni almashtirdik.

- “Qizilqum” jangovar tarkibga ega. Sizningcha, bugun jamoa ochko oldimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?

- Bugun ochko yo‘qotdik, g‘alabani saqlab qololmadik.

- Salim Mustafoyevning ahvoli qanday?

- Shifokorlar unga qarashyapti, hozir holati yaxshi.

- “Qizilqum” hujumlarni yaxshi tashkil etyapti, lekin yakuniy pallada kamchiliklar borga o‘xshayapti.

- Bu – futbol. Vaziyatlar yaratyapmiz, ammo qandaydir sabablarga ko‘ra, ularni gol bilan yakunlay olmayapmiz.

- “Qizilqum”ning turnir jadvalidagi to‘plar nisbatiga nazar solsak, o‘tkazib yuborgan gollari ko‘pligini ko‘ramiz. Bu himoyada muammo borligidan darakmi?

- Ko‘p gollarni raqibga o‘zimiz “sovg‘a” qilyapmiz. Bugun ham, Sherali Jo‘rayev bir-ikki soniyaga hushyorlikni yo‘qotgani sababli to‘pni oldirib qo‘ydi va “Navbahor”ning hujumi gol bilan yakunlandi. Shunga o‘xshash vaziyatlardagi xatolar bizga pand bermoqda.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:53, 04.05.2021.
O'qildi: 1968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.