Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Prevyu: “Metallurg” – “So‘g‘diyona”

Prevyu: “Metallurg” – “So‘g‘diyona”

Baho:
+ | -

“Metallurg” va “So‘g‘diyona” jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 38 ta o‘yin o‘tkazishgan. Qizig‘i shundaki, mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi ko‘rsatkichlarida mutlaqo tenglikni ko‘ramiz: 15 ta uchrashuvda bekobodliklar, 15 tasida jizzaxliklar g‘alaba qozonishgan. 8 ta uchrashuvda esa  durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi ham teng – 51:51.

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. “So‘g‘diyona” 2001 yildi o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4. Jamoalar o‘rtasidagi jangovor durangda esa muxlislar oltita golning shohidi bo‘lishgan – 3:3.

Ushbu jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 12 g‘alaba, 3 durang, 4 mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 31:20.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

12.07.2020 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:0
18.10.2019 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:1
21.04.2018 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:0
12.05.2017 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 3:1
05.03.2016 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:1

“So‘g‘diyona” haqida

Jizzax viloyatida futbol bo‘yicha bosh jamoaga 1970 yilda asos solingan bo‘lib, jamoa dastlabki yillarda DSK (Ko‘ngilli sport klubi) nomi bilan yuritilgan. 1973-75 yillarda – “Mehnat”, 1975 yilda – “Jizzax”, 1976-77 yillarda – “Irrigator”, 1978-81 yillarda – “Bo‘ston”, 1982-85 yillarda – “Zvezda”, 1986-89 yillarda – “Yoshlik” nomlari ostida musobaqalarda qatnashib kelgan. 1990 yildan “So‘g‘diyona” nomini olgan jamoa milliy chempionatlarimizda turli darajada ishtirok etib kelayapti. Birinchi mavsumda vise-chempionlikka erishgan jizaxliklar keyinchalik ikki marta to‘rtinchi o‘rindan joy olishdi.to‘rt marta jamoa kuchlilar safini tark etib, har safar bir yillik tanaffusdan keyin oliy ligaga qaytishga erishgan. Jamoaning bitta mavsumda eng ko‘p gol kiritgan o‘yinchisi Aleksey Jdanov, 1998 yilgi chempionatda raqiblari darvozasini 18 marta ishg‘ol etgan.

“So‘g‘diyona” kuchlilar safida bugungacha 750 ta uchrashuv o‘tkazgan: 256 ta g‘alaba, 137 ta durang, 357 ta mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbati: 951:1223. Jamoaning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik g‘alabasi – 10:0 (1992 yil, “Surxon”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 1:8 (2000 yil, “Do‘stlik”), 0:7 (1996 yil –  “Navbahor”, 2009 yil – “Neftchi”, 2015 yil – “Lokomotiv”). Eng gollarga boy durang natijani esa 1999 yilda Toshkent viloyatining “Do‘stlik” jamoasiga qarshi uy uchrashuvida qayd etgan – 5:5.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 10:30, 05.05.2021.
O'qildi: 1586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик