Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Islom Ismoilov: "Barcha aybni o‘z zimmamga olaman"

Islom Ismoilov: "Barcha aybni o‘z zimmamga olaman"

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turi doirasidagi qoldirilgan "Turon" – AGMK (0:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Afsuski, jamoa 7-turdan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Muxlislarimiz bunga loyiq emas, mana bugun ham noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, kelib, bizni qo‘llab-quvvatlashdi. Umid qilamizki, jamoaning g‘alabali onlari hali oldinda va ularni xursand qilamiz.

O‘yinga kelsak, yomon boshlamadik, birinchi bo‘limda to‘liq nazoratni qo‘lga oldik, bir qancha vaziyatlarni yaratdik. Lekin bu – futbol, undan har doim yaxshi o‘ynagan jamoa g‘olib chiqmaydi. Demak, nimanidir noto‘g‘ri qilyapmiz, shu bois mag‘lubiyatga uchradik. Barcha aybni o‘z zimmamga olaman.

Futbolchilar bilan gaplashib oldik, 2 kundan keyin bizni yana bir o‘yin kutmoqda. Bu narsa ruhiy holatimizga ta’sir qilmasligi kerak. Vvaziyatdan chiqib ketish uchun harakat qilamiz", - deydi Islom Ismoilov.

Kiritildi: 01:06, 11.05.2021.
O'qildi: 3123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик