Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

"Tottenxem" murabbiyi: "Keyn bunga munosib"

"Tottenxem" murabbiyi: "Keyn bunga munosib"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Tottenxem" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Rayan Meyson hujumchi Harri Keyn haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


"Mening kamtarin fikrimcha, Harri bu mavsumda APLning eng muhim futbolchisi bo‘lishi mumkin. U hozirda to‘purarlik jadvalini Saloh bilan bo‘lishib turibdi (21 gol). Bundan tashqari u eng ko‘p golli uzatmaga ega. Shuning uchun agar sovrin chempionatning eng yaxshi futbolchisiga berilsa, u holda Harri ro‘yxatda bo‘lishi kerak va bunga munosib.


So‘nggi 5-6 yil ichida Keyn doimiy ravishda ligada yuqori o‘rinlarni egallab kelgan va bu yil ham bundan farq qilmaydi. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, buni hammamiz bilamiz. Va bu mavsumda u, ehtimol, eng yaxshi statistikani ko‘rsatdi", - deydi Meyson.


Ma’lumot uchun, 27 yoshli hujumchi joriy mavsum 32 ta liga o‘yinlarida maydonga tushib, 21 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:29, 16.05.2021.
O'qildi: 2635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик