Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Rasman. «Barselona» La liga chempionligi uchun kurashdan chiqdi (videosharh)

Rasman. «Barselona» La liga chempionligi uchun kurashdan chiqdi (videosharh)

Baho:
+ | -

«Barselona» Ispaniya chempionati doirasida ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmay, sovrin uchun kurashda safdan chiqdi. Kataloniyaliklar bu safar o‘z maydonlarida "Selta"ni qabul qilib, imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochdi. Ammo oradan 10 daqiqa o‘tib Santi Mina muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda Kuman shogirdlari bir nechta imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Bahsning 83-daqiqasida Langle ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvning asosi    y vaqti tugashiga bir daqiqa qolganida esa yana o‘sha Santi Mina "Barsa" darvozasini ishg‘ol qilib, kataloniyaliklarni chempionlik uchun kurashdan chiqarib yubordi.

Ispaniya La ligasi, 37-tur
Barselona – Selta 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 28 Messi, 1:1 – 38 Santi Mina, 1:2 – 89 Santi Mina.
Barselona – ter Stegen, Pike (Dest, 64), Arauxo, Langle, Alba, Moriba (Pyanich, 86), Buskets, Dembele (Trinkau, 70), Pedri (Puch, 46), Messi, Grizmann (Breytueyt, 70).
Selta – Vilyar, Arauxo, Aaron Martin, Vaskes, Dominges, Mendes, Beltran (Sotelo, 90), Denis Suares, Nolito (Solari, 69), Santi Mina, Aspas (Baesa, 78).
Ogohlantirishlar: Dominges (51), Puch (56), Langle (73).
Chetlatish: Langle (83).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:38, 16.05.2021.
O'qildi: 4136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.